Oʻzbekiston shaharlarida Xitoyning osma poyezdlari paydo boʻladi

© Flickr / Aleksandr ZykovJeleznodorojnaya stantsiya v Tashkente
Jeleznodorojnaya stantsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda Markaziy Osiyodagi beshta davlat poyezdlariga texnik xizmat koʻrsatuvchi markazni tashkil etish ham rejalashtirilmoqda

TOSHKENT, 1 sen - Sputnik. Oʻzbekiston shaharlarida Xitoyning osma poyezdlari paydo boʻlishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga investitsiya qoʻmitasi matbuot-xizmati vakili.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi tomonidan Jizzaxda boʻlib oʻtgan Xalqaro investitsion forumining ikkinchi, yakuniy kunida "Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd" kompaniyasi va Germaniya-Xitoy madaniy almashinuvi uyushmasi tomonidan sanʼat va dizayn sohasida shartnoma imzolangan.

Imzolangan shartnoma Toshkent shahrida, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida temiryoʻl, shu jumladan, turistik temiryoʻl infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu kelishuvga muvofiq:

* Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy dargoh tarkibida zamonaviy muhandislik va boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan fakultetni yoki oʻquv dargohini tashkil etishni;

Gazobeton - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda gazobeton ishlab chiqaruvchi zavodlar quriladi

* Markaziy Osiyodagi beshta davlat poyezdlariga texnik xizmat koʻrsatuvchi markazni tashkil etish;

* Oʻzbekiston shahar transporti tizimiga "Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan past, bir relsli osma poyezdlarni kiritish rejalashtirilmoqda.

Shu asosda, Toshkent shahrining va Samarqand viloyatining turistik hududlarida kichik ekskursion poyezdlarni tashkil etish, ushbu hududlar boʻylab mehmonxonalarni qurish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala