Xotirangiz abadiy bo‘lsin - Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimovni yod oldi

© AFP 2023 / / STRTraurniy kortej s telom prezidenta Uzbekistana Islama Karimova
Traurniy kortej s telom prezidenta Uzbekistana Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bugun siz farzandlaringiz tomonidan aytilgan har bir so‘zni eshitasiz....ushbu yorqin xotirangiz abadiy bo‘lsin, Otajon” - Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimovning xotirasini yod oldi.  

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Bugun, 2-sentabr O‘zbekiston Birinchi prezidenti vafot etgan kun. 2017-yilning 25-yanvarida ushbu kun rasman Islom Karimov xotra kuni deb e’lon qilingan edi.

Ushbu munosabat bilan Lola Karimova-Tillayeva Facebookda quyidagi satrlarni qoldirdi.   

“Sizni juda ham sog‘inaman, vaqt ham bu tuyg‘uni yenga olmayapti…aksincha, xotiralarim meni o‘tmishning turli onlariga chorlaydi va men xayolan o‘sha damlarni qayta va qayta yashab o‘taman. Ko‘p hollarda siz aytgan gaplar mohiyatini faqat endilikda to‘liq anglayapman....Ko‘plab o‘tmishdagi so‘zlar va lavhalar ko‘z o‘ngimda turib, asta-sekin tushlarimga o‘tadi, va bu ro‘yoda biz siz bilan yana uchrashamiz.
2-sentabr sizning xotira kuningiz va bugun siz farzandlaringiz tomonidan aytilgan har bir so‘zni eshitasiz....ushbu yorqin xotirangiz abadiy bo‘lsin, Otajon”.

Yangiliklar lentasi
0