O‘zbekiston orqali Xitoydan Afg‘onistonga yangi transport koridori ochildi

© Sputnik / Yevgeniy Karasev / Mediabankka o‘tishVoditel furi na tamojennom postu v Chernyaxovske.
Voditel furi na tamojennom postu v Chernyaxovske. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Afg‘oniston" transport koridorining umumiy uzunligi 1600 kilometrni tashkil qiladi.

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. O‘zbekiston va Xitoy Afg‘onistonga yangi transport koridori orqali tovarlar yetkazib bera boshladi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.

Ushbu faoliyat bilan ikki mamlkat hamkorligida 2018-yilda maxsus tashkil qilingan Silk Road International kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Silk Road International “Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkeshtam – Qoshg‘or” yo‘nalishida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan dukkakli mahsulotlar, sok va nektarlar, paxta tolali mahsulotlar yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan.

Temir yo‘llar - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Ipak Yo‘li davlatlari soatiga 400 km tezlikda harakatlanadigan poyezddan foydalanishadi

Xitoydan esa O‘zbekistonga qurilish materiallari, ko‘chatlar, avtomobil ehtiyot qismlari hamda xalq ise’mol mollari olib kelinmoqda.

Bundan buyon kompaniya Xitoy va O‘zbekistondan tovarlarini O‘zbekiston orqali Afg‘oniston shimolidagi Xayraton shahriga yetkazib beradi. Ushbu o‘o‘nalishning umumiy uzunligi 1,6 ming kilometrni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Xitoy orasida transport sohasida hamkorlik kun sayin rivojlanib bormoqda. Biroz oldin Xitoyning Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi O‘zbekiston osma poyezdlar transport tizimini yaratishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0