Hodisalar

DXX Qirgʻizistonga 5,3 mln dollarni olib oʻtmoqchi boʻlgan guruhni qoʻlga oldi

© Sputnik / NewsTeamDollarы SSHA izʼyatыe pravooxranitelnыmi organami
Dollarы SSHA izʼyatыe pravooxranitelnыmi organami - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Mazkur holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati tergov boʻlimi tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Namangan viloyatida 28 avgustiga oʻtar kechasi xorijiy davlatga katta miqdorda noqonuniy valyuta olib chiqib ketishni toʻxtatishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazishdi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanalida lavha koʻrsatildi.

Yangiqoʻrgʻon tumani, Gaznon mahallasining chegaradosh hududida Cobalt va Lacetti avtomobillariga yuklangan yirik miqdordagi chet el valyutani Qirgʻizistonga olib oʻtishni rejalashtirgan 3 kishidan iborat guruh qoʻlga olindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, toʻxtatib qolingan xorijiy valyutaning umumiy miqdori 5,3 million dollarini tashkil etdi. Bu pullar Toshkent va Qoʻqon shaharlari hamda Namangan viloyatida ish olib boruvchi xufiyona iqtisodiyot vakillariga tegishli boʻlgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati tergov boʻlimi tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0