TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi daromadlari 2014 yildan 10 barobarga kamayib ketdi. Bu haqda dushanba kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tezkor axborot va xalqaro aloqalar xizmati boshligʻi Sergey Beseda maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Bundan avval u “Islom davlati” asosiy daromadlari bosib olingan hududlardan olingan neftni sotish va aholidan undiriladigan soliqlar hisobiga toʻgʻri kelmoqda.
2014 yilda “ID” uyushmasi daromadi 3 milliard dollar atrofida boʻlgan. Biroq FXX hisob kitoblariga qaraganda, oxirgi toʻrt yil ichida ID daromadlari oʻn barobarga kamayib ketdi. Yaʼni yiliga 200-300 million dollargacha.
Shu bilan birga, Sergey Besedaning soʻzlariga koʻra, “Islom davlati” uyushmasi oʻzida mavjud boʻlgan pullarni qonuniy biznesga kiritishni boshladi.
“Kelgusi faoliyatni muntazam ravishda moliyaviylashtirib borish maqsadida pullarni qonuniy biznesga kiritish tendentsiyasi kuzatilmoqda”, - deb qoʻshimcha qildi FXX tuzilma rahbari.