Gulnora Karimovaga pora bergan Telia kompaniyasi xodimlari ustidan sud boshlanadi

© TeliaSoneraLogotip shvedskoy kompanii TeliaSonera
Logotip shvedskoy kompanii TeliaSonera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ish qariyb 5-yil tekshirilgan, o‘sha vaqtda kompaniya Telia Sonera deb nomlangan, tergov yakunlangani haqida Shvetsiya prokuraturasi o‘tgan yilning sentabrida xabar bergandi.

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Shvetsiyaning Telia telekommunikatsiya kompaniyasining uch nafar sobiq xodimlari ustidan O‘zbekistonda 2007—2010 yillarda pora berganlik haqidagi ish bo‘yicha sud bugun, 4-sentabr kuni Stokgolmda boshlanadi. RIA Novosti xabariga asosan.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Gulnora Karimova jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahrida sud eshituvlari boshlanadi

Ish qariyb besh yil tekshirilgan, o‘sha vaqtda kompaniya Telia Sonera deb nomlangan, tergov yakunlangani haqida Shvetsiya prokuraturasi o‘tgan yilning sentabrida xabar bergandi.

Poraxo‘rlik ayblovlari o‘sha vaqtda, xususan, Telia Sonera’ning sobiq direktori Lars Nyubergga, Yevrosiyodagi bozor uchun mas’ul bo‘lgan Tero Kivisaariga va kompaniya huquqshunoslaridan biriga nisbatan e’lon qilingan. Ularning uchalasi ham aybiga iqror bo‘lgan, ular 6-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi korrupsiya bo‘yicha keng ko‘lamli tekshiruvlar Niderlandiya, Shvetsiya va Shveysariya rasmiylari tomonidan 2012, AQSh tarafidan esa 2014-yilda boshlangandi. 2017-yilda ushbu tekshiruvlar yakunlangach, Telia murosaga borib, uni tekshirgan organlarga 965 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi.

Tergovchilar xulosasiga ko‘ra, Telia O‘zbekiston bozorida mustahkam o‘rnashib olish maqsadida, Shvetsiya prokuraturasi fikriga ko‘ra, o‘sha vaqtda O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorini deyarli to‘liq nazorat qilgan Gulnora Karimovaga yirik summada pul to‘lagan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2007-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda poralar summasi 280 million yevroga yetgan bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0