TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. Qirgʻizistonda boʻlib oʻtayotgan Koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida Oʻzbekiston ilk medallarni qoʻlga kiritdi, deb xabar qilmoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
Musobaqaning birinchi kunida Oʻzbekiston sportchilari alыsh (Qirgʻiziston kurashi), Armrestling sport turlari boʻyicha bahslarda ishtirok etishgan. Armrestling boʻyicha chap qoʻl bahslarida 18 davlatdan tashrif buyurgan 72 nafar ishtirokchilar orasida yurtdoshlarimiz Dmitriy Dokuchayev (75 kg), Qudratillo Niyazi (95 kg), Firdavs Gafurov (105 kg) lar musobaqaning bronza medalini qoʻlga kiritishdi, - deyilgan xabarda.

Koʻchmanchi xalqlar oʻyinlari bu yil Qirgʻizistonda uchinchi bor oʻtkazilmoqda. Ilk bor ushbu xalqaro musobaqa 2014 yilda, keyin 2016 oʻtkazilgan edi. 2018 yilning 2-8 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadigan III Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida 66 mamlakatdan jami 1556 nafar sportchilar ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston sportchilari Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida ilk bor ishtirok etmoqda. Milliy sport jamoasi 54 sportchidan iborat boʻlib ular sportning 13 turidagi bellashuvlarda ishtirok etishadi. Ular orasida kurashning turli etnik uslublari, lochin ovi, tayganlar yugurishi va boshqalar bor.