Sport

Mbappe 5ta oʻyindan chetlatilishi mumkin

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyNagrajdeniye pobediteley CHM-2018 po futbolu
Nagrajdeniye pobediteley CHM-2018 po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Unga nisbatan fol qilgan raqib oʻyinchisini itarib yuborgani uchun Mbappe kelgusi 5ta oʻyindan chetlatilishi mumkin.

TOSHKENT, 4 sen – Sputnik. 2018 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi yosh oʻyinchisi – Kilian Sanmi Mbappe raqibiga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

“Pari Sen-Jermen” jamoasining yosh hujumchisi “Nim” jamoasiga qarshi oʻyinda oʻziga nisbatan fol ishlatgan raqib yarim himoyachisi Teji Savanyeni itarib yubordi. Mazkur tajavuzkor xatti-harakat uchun 19 yoshli futbolchi 5ta oʻyinga chetlatilishi mumkin.

Ushbu voqea Frantsiya chempionatining 4-turi doirasida boʻlib oʻtgan oʻyinning qoʻshib berilgan vaqtida sodir boʻldi. Mbappening chetlatilishi yakuniy hisobga taʼsir qilmadi. “PSJ” 4:2 hisobida gʻalabaga erishdi.

Frantsiya Professional futbol ligasi bir hafta ichida 19 yoshli oʻyinchining hatti-harakatiga doir yakuniy qaror chiqaradi.  

Yangiliklar lentasi
0