O‘zbekiston iqtisodiyoti MDHning boshqa davlatlariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda - Moody’s

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Sentralnogo banka Uzbekistana
Zdanie Sentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018-2019 yillarda ham davlat harajatlari, investitsiya mablag‘lari va Rossiyadan mehnat muhojirlarning pul o‘tkazmalari tiklanishi evaziga o‘sish suratlarini saqlanib qoladi.

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Moody’s agentligi O‘zbekiston bank tizimi prognozi bo‘yicha hisobot tayyorladi.

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari kamaydi – Markaziy bank

Ushbu hisobotning asosiy xulosalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Moody’s agentligi quyidagi omillarni hisobga olgan holda O‘zbekiston bank sektori bo‘yicha barqaror prognozni saqlab qolmoqda:

- O‘zbekiston iqtisodiyoti MDHning boshqa davlatlarining iqtisodiyotlariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda. 2018-2019 yillarda ham davlat harajatlari, investitsiya mablag‘lari va Rossiyadan mehnat muhojirlarning pul o‘tkazmalari tiklanishi evaziga o‘sish suratlarini saqlanib qoladi;

 - O‘zbekiston bank tizimi davlat banklarining o‘rtacha hajmi va ustunligi bilan tavsiflanadi;

- O‘zbekiston bank tizimining dollarizatsiya darajasi yuqoriligiga qaramasdan, asosan valyuta xatarlar markazlashgan, birinchi navbatda, davlat banklarida mo‘’tadil bo‘lib qoladi.    

- O‘zbekiston bank tizimining umuman korporativ sektorga, ayniqsa davlat korxonalari va yirik qarz oluvchilarga nisbatan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

- bank aktivlarining sifati yaxshi: muammoli kreditlarning ulushi umuman iqtisodiyotning o‘sishi, inflyatsiya darajasini pasayishi va kreditlashtirishning tez suratlarda o‘sishi natijasida saqlanib qoladi (2018 yilda 30-40%);

- sof foizli marjaning kamayishi va aktivlarning tez o‘sishi hisobiga O‘zbekiston banklarining daromadi va kapitalning yetarligi  asta-sekinlik bilan kamayib boradi.

- bank tizimida yaxshi likvidlik darajasi saqlanib qoladi;

- Hukumat davlat banklarini qo‘llab-quvvatlashni davom etadi.

Hisobot muallifi - Moody’s agentligining O‘zbekiston bank sektorining yetakchi tahlilchisi Petr Paklin.

Yangiliklar lentasi
0