Toshkent viloyatida o‘zbek va ingliz tilida xabar beruvchi yo‘l belgilari o‘rnatildi

© UzADorojnie znaki na uzbekskom i angliyskom
Dorojnie znaki na uzbekskom i angliyskom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida 100dan ortiq o‘zbek va ingliz tilida xabar beruvchi yo‘l belgilari o‘rnatildi.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘zbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yo‘l ko‘rsatgichlari o‘rnatildi​, deb xabar qilmoqda UzA.

Toshkent viloyat turizmni rivojlantirish departamentidan ma’lum qilishicha, “Bektemir – Chirchiq – G‘azalkent – Chorvoq“, “Bektemir – Yuqori Chirchiq – G‘azalkent – Chorvoq“, “Chorvoq“ erkin turistik zonasi va viloyatning turistlar oqimi yuqori bo‘lgan yo‘llari bo‘ylab o‘zbek va ingliz tillarida axborot beruvchi 100 dan ortiq yo‘l ko‘rsatgichlari o‘rnatilgan.

© UzADorojnie znaki na uzbekskom i angliyskom
Toshkent viloyatida o‘zbek va ingliz tilida xabar beruvchi yo‘l belgilari o‘rnatildi - Sputnik O‘zbekiston
Dorojnie znaki na uzbekskom i angliyskom

Bo‘stonliq tumanida 10 yo‘nalish bo‘ylab 62 turistik maskan joylashgan bo‘lib, mazkur turistik obyektlarga olib boruvchi 370 kilometr masofadagi yo‘llar bo‘ylab ham yo‘l belgilarini o‘rnatish ishlari yakunlangan.

Toshkent viloyatida turizm infratuzilmasini yaxshilash, xususan, yo‘lovchi sayyohlarning ko‘zlangan manzil bo‘ylab to‘g‘ri harakatlanishini ta’minlash maqsadida yo‘l ko‘rsatgichlari o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0