Iqtisod

Toshkentda 5 sentyabr kuni Oʻzbekiston-Misr biznes-forumi oʻtkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPloщad u mejdunarodnogo biznes Tsentra
Ploщad u mejdunarodnogo biznes Tsentra - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Biznes forumda turizm, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa sohalarga oid oʻzaro manfaatli investitsion va savdo kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. 2018 yil 5 sentyabr kuni Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdul-Fattah Said Huseyn Halil As-Sisining Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentda Oʻzbekiston-Misr biznes-forumi va B2B formatida kooperatsion birja tashkil etiladi, deb xabar qildi Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev vstretitsya s prezidentom Yegipta - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 4 sentyabr kuni Misr prezidenti bilan uchrashadi

Tadbirlarda ikki davlat ishbilarmonlar va biznes doiralari vakillari ishtirok etadilar. Biznes forum va kooperatsion birja yakunlariga koʻra turizm, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa sohalarga oid oʻzaro manfaatli investitsion va savdo kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan.

Shuningdek, biznes forum doirasida Oʻzbekistonda meva-sabzavot va logislika xabini tashkil etish masalalari muhokama etiladi.

Yangiliklar lentasi
0