Toshkentda MDHga a’zo mamlakatlar armiyalari o‘rtasida qo‘l jangi chempionati o‘tkaziladi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishArmeyskiy rukopashniy boy. Matchevaya vstrecha po boyevim iskusstvam "Bitva Chempionov IV"
Armeyskiy rukopashniy boy. Matchevaya vstrecha po boyevim iskusstvam Bitva Chempionov IV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari 2017-yilda MDH mamlakatlarining xalqaro musobaqalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan, joriy yildan MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasidagi harbiy-amaliy sportning 7 ta turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etmoqda

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. 10—13 sentabr kunlari Toshkent shahrida birinchi marta MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasida armiya qo‘l jangi chempionati o‘tkaziladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati vakili.

Uzbekistan na ArMI-2018 - Sputnik O‘zbekiston
ArMI-2018da O‘zbekiston erishgan natijalar

"Universal" sport majmuasida o‘tkaziladigan mazkur bellashuv uchun ishtirokchilarni saralash uchun joriy yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida chempionatlar o‘tkazilmoqda. Uni tashkillashtirish va o‘tkazish uchun Mudofaa vazirligi mas’ul etib tayinlangan.

2017 yilda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari MDH mamlakatlarining xalqaro musobaqalarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, 2018-yilning aprelidan MDHga a’zo davlatlar do‘stona armiyalari o‘rtasidagi harbiy-amaliy sportning 7 ta turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Rossiya Federatsiyasida "Komandirlik startlari startlari" musobaqasi, iyun oyida Belarus Respublikasida "Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi" musobaqalari, avgustda esa Qirg‘izistonda "MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish" bahslari bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0