Iqtisod

Jizzax investitsion forumi yakuni: 800 million dollardan ortiq hujjatlar imzolandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNatsionalnaya vыstavka proizvoditeley v ramkax mejdunarodnogo investitsionnogo foruma v Djizake
Natsionalnaya vыstavka proizvoditeley v ramkax mejdunarodnogo investitsionnogo foruma v Djizake - Sputnik Oʻzbekiston
Jizzax viloyatida ilk marotaba oʻtkazilgan yirik Xalqaro investitsion forumda 175ta xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Jizzax investitsion forumi yakunlari boʻyicha umumiy miqdori 800 million AQSH dollaridan ortiq 28 ta kelishuv va memorandumlar imzolandi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Davlat investitsiya qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Shevrole Treker - Sputnik Oʻzbekiston
Jizzaxda Chevrolet Tracker namoyish etildi

Imzolangan bitimlar va memorandumlar paketi qurilish materiallari, zamonaviy tibbiyot uskunalari va farmatsevtika preparatlari, tayyor charm va charmgalantereya mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi, sut va tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, transport va mehmonxona infratuzilmasi, tiklanuvchi energiya va kimyo sohalarida qator loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

"Shell Global Solutions INTL BV", "Fives Group – Fives Stein" , "Huasin Cement",  "CIRI", "DAL Teknik Makina Ticaret ve Sanayi Anonim Sirketi", "Bay Tea Group" singari va boshqa yirik 175ta xorijiy kompaniyalar Jizzax viloyatida oʻtkazilgan keng koʻlamli investitsion tadbirda ishtirok etdilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala