GM Uzbekistan mexanik uzatmali “Spark” avtomobilini ishlab chiqarish hajmni oshiradi

© GMuzbekistanAvtomobil Shevrole Spark
Avtomobil Shevrole Spark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mexanik uzatmali “Spark” avtomobili ishlab chiqarish hajmini 6 223 dan 19 993 donagacha oshirish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. GM Uzbekistan AJ mexanik uzatmali “Spark” avtomobilini ishlab chiqarish hajmini oshiradi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan “Spark xarid qil – sovg‘aga velosiped ol” aksiyasini uzaytirdi

Avvalroq, “GM Uzbekistan” AJ ishlab chiqarilayotgan avtomobillar savdosi qayta yo‘lga qo‘yilishi bilan xaridorlar tomonidan kelib tushayotgan arizalar inobatga olinib, kompaniya tomonidan bozor talablarini qondirish maqsadida talabgir avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshirilishini ma’lum qilgandi. 

“Mijozlar istagi va bozorning ijobiy tendensiyalarini inobatga olib, biz mexanik uzatmali “Spark” avtomobili ishlab chiqarish hajmini 6 223 dan 19 993 donagacha oshirapmiz. Kompaniya xaridorlarning talablarini qondirish va barcha ariza va takliflarga ijobiy javob berish, shuningdek qulay shartnoma tuzish uchun barcha sharoitlarni yaratish uchun barcha zaruriy choralarni amalga oshiradi. Sabringiz uchun minnatdormiz!”, - deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan AJ “Spark xarid qil – sovg‘aga velosiped ol” aksiyasi muddatini uzaytirganligi haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0