O‘zbekistonda internetdagi saytlardan foydalanishni cheklash tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishSotrudnik v ofise
Sotrudnik v ofise - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan internet tarmog‘idagi axborot resurslari reyestri yuritiladi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.

Polzovatel za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
Mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yagona internet portal yaratish taklif qilindi

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan butunjahon Internet tarmog‘idagi axborot resurslari reyestri yuritiladi. Ushbu Reyestrga kiritilgan axborot resurslaridan foydalanish cheklanadi.

Internetdagi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash uch bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda, taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan resurslarni aniqlanadi. Ushbu bosqichdagi harakatlar Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi tomonidan amalga oshiriladi. Markazga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan tartibda kelib tushgan murojaatlar ham monitoring olib borishga asos bo‘ladi.

Monitoring natijasida taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i axborot resursi aniqlangan taqdirda Markaz bu bo‘yicha xulosa tayyorlaydi.

Ikkinchi bosqichda axborot resursi Reyestrga kiritiladi. Reyestrga kiritish uchun Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazining xulosasi hamda Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi Ekspert komissiyasinig qarori asos bo‘ladi.

Uchinchi bosqichda vakolatli organ - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan internet tarmog‘idagi axborot resurslarini cheklash bo‘yicha tashkiliy texnik tadbirlar amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger tomonidan veb-saytda va (yoki) veb-sayt sahifasida quyidagi axborotlarni tarqatish, ushbu resursni cheklanishiga olib keladi:

O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etish;

Gazoviy elektronniy schetchik - Sputnik O‘zbekiston
Elektr, suv va gaz hisobotlarini internet orqali yuborish taklif etildi

urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;

davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;

giyovandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;

pornografiyani targ‘ib qilish.

Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger veb-saytga va (yoki) veb-sayt sahifasiga axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.

Yangiliklar lentasi
0