Shimoliy Koreya yetakchisi AQSh hukumatiga maktub yubordi

© REUTERS / KCNAShimoliy Koreya rahbari Kim Chen In
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyadagi maxsus vakili orqali AQSh hukumatiga maktub yubordi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyalik maxsus vakili orqali AQSh hukumatiga maktub berib qo‘yishni so‘radi. RIA Novosti xabariga asosan.

Lider KNDR Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In Shimoliy Koreya salomatlik sektorini tanqid qildi

Ular Pxenyanda uchrashdilar. Uchrashuvdan so‘ng u Kim Chen In Koreya yarim orolining yadro qurolidan xoli hudud qilish masalasida hech qanday siljish yo‘qligi haqida Vashingtonning fikriga norozi ekanligini ma’lum qildi.

Shuningdek, KXDR yetakchisi Pxengeri poligoni to‘xtalishi mamlakat yangi yadroviy tadqiqotlarni amalga oshirish imkonidan mahrum bo‘lganligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro hamjamiyati Pxenyan qadamlarini to‘liq baholamadi.  

Shu bilan birga, Kim Chen In 2021-yil yanvar oyida Donald Tramp prezidentlik vakolati tugashiga qadar yarimorolda vaziyat tartibga solinishi va AQSh bilan munosabatlar normallashtirish jarayoni yakunlanishiga umid bildirdi.

Shuningdek, u Koreya yarimorolida urushni tugatish to‘g‘risidagi rasmiy kelishuv mintaqada Amerika qo‘shinlari ishtiroki bilan bog‘lamaganligini ham qo‘shimcha qildi.

Keyinchalik, Tramp ham Seuldagi maxsus vakil orqali shimoliy koreyalik hamkasbiga maktub yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy va Janubiy Koreya rahbarlar uchrashuvining eng qiziqarli suratlari

Shimoliy Koreyadan Kim Chen In “prezident Trampga qat’iy ishonchi”ni e’lon qildi. Rahmat, rais Kim. Buni birga amalga oshiramiz!”, - deb yozdi AQSh yetakchisi o‘zining  Twitter-akkauntida.

AQSh va KXDR munosabatlari

AQSh va KXDR sammiti tarixda birinchi marta 12-iyunda Singapurda o‘tkazilgandi. Unda Tramp va Kim Chen In uchrashdilar. Uchrashuv yakuni bo‘yicha Tramp KXDR bilan hujjat imzolangani va Koreya yarim oroli yadro qurolidan xoli hudud qilish jarayoni tez amalga oshirishini ma’lum qilgandi. Shimoliy Koreya rahbari o‘z navbatida, sammit yakuniy hujjatining imzolanishi ikki davlat o‘rtasida munosabatlarida yangicha start berilganligi va kelajakda katta o‘zgarishlar bo‘lishiga va’da berdi.

Biroq bundan keyin KXDRning yadrodan voz kechish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida hech qanday xabarlar kelmagan. Bu Trampning noroziligiga sabab bo‘ldi. Avgust yakunida AQSh prezidenti davlat kotibi Mayk Pompeoga KXDRga rejalashtirilgan tashrifni qoldirish haqida topshiriq berganligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0