Jamiyat

Toshkent shahar hokimligida “Ochiq eshiklar kuni” oʻz ishini boshladi

© Press-slujba xokimiyata goroda TashkentaV stolichnom xokimiyate proshla vstrecha ispolnyayuщego obyazannosti xokima stolitsы Djaxongira Artikxodjayeva s investorami
V stolichnom xokimiyate proshla vstrecha ispolnyayuщego obyazannosti xokima stolitsы Djaxongira Artikxodjayeva s investorami - Sputnik Oʻzbekiston
Tadbirning birinchi kunida Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlaridan tashrif buyurgan mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar oʻz loyihalari bilan ishtirok etishdi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Poytaxt hududida tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahar hokimligida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” oʻz ishini boshladi.

Jamiyat
Toshkent hokimligi koʻp qavatli uylardan xonadonlar sotib olishni taklif qildi

Tadbirning birinchi kunida Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlaridan tashrif buyurgan mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar oʻz loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Artikxoʻjayev loyihalar bilan tanishar ekan, loyihalarning, avvalo xalqga xizmati qilishi, ularning roziligi bilan amalga oshirish lozimligini alohida taʼkidladi.

Mazkur loyihalar ijtimoiy soha obʼyektlari, xususan zamonaviy mehmonxonalar, savdo va koʻngil ochar maskanlar, koʻp qavatli avtoturargohlar hamda yangi uy-joy komplekslarni barpo etishni koʻzda tutadi.

Uchrashuvda umumiy qiymati 5,6 trln soʻm, shundan xorijiy sarmoyalar 625 million dollar boʻlgan va 55 790 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan 47 ta loyihalar taqdim etildi.

“Ochiq eshiklar kuni” 7 – 8 sentyabr kunlari davom etadi, unda poytaxtning qolgan tumanlaridan investorlar ham ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala