Toshkent markazida marafon tufayli ko‘chalar yopiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sport tadbiri O‘zbekiston Mustaqilligining 27-yilligi doirasida o‘tkazilmoqda. Marafon 9.00dan 13.00ga qadar davom etadi

TOShKENT, 8 sen - Sputnik. "Mustaqillik marafoni" o‘tkazilishi munosabati bilan 2018-yil 9-sentabr kuni "Paxtakor" stadionidan "Nukus" ko‘chasigacha bo‘lgan ko‘chalar yopiladi.

Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Ko‘chalarda harakat 9.00dan 13.00ga qadar chegaralanadi.

Quyidagi ko‘chalar yopiladi:

Glinka ko‘chasi – Shota Rustaveli ko‘chasidan Nukus ko‘chasiga qadar,

Nukus ko‘chasi – Abdulla Qahhor ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha,

Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Nukus ko‘chasidan Abay ko‘chasigacha,

Abay ko‘chasi – Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha,

Olmazor ko‘chasi – Abay ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha,

Islom Karimov ko‘chasi – Olmazor ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha.

Yangiliklar lentasi
0