Jamiyat

Samarqandda Vebster universitetining magistraturasi ochiladi

© SAMGIIYAGlavnoye zdaniye SAMGIIYA
Glavnoye zdaniye SAMGIIYA - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand chet tillari instituti va AQShning Vebster universiteti hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda.

TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Samarqand Davlat chet tillar institutida Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vebster universitetiing magistraturasi ochiladi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Dunyo reytingida salohiyatli kadrlar yetkazib berish darajasiga koʻra yuqori oʻrinlarda turuvchi ushbu xorij universiteti bilan oʻzaro hamkorlikda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlashga erishish boʻyicha dastlabki aloqalarga kirishilganiga koʻp vaqt boʻlgani yoʻq.

Joriy yilning may oyida Vebster universiteti professor olimlari ilk bor koʻhna kentga tashrif buyurgan boʻlsa, iyul oyi oxirida samarqandlik olimlar Amerikada boʻlib, hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishdi.

© SAMGIIYASamDCHTIda Vebster universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv
Samarqandda Vebster universitetining magistraturasi ochiladi - Sputnik Oʻzbekiston
SamDCHTIda Vebster universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Mazkur universitet vitse-prezidenti Piter Maxer va chet tili fakulteti dekani doktor Dje Kayzerning bu galgi tashrifi ham ishchan ruhda oʻtdi. Tadbirda tomonlar mazkur hamkorlik aloqalarining ikki tomon uchun foydali ekanligini qayd etishdi.

Tashrif davomida mehmonlar SamDCHTI oʻqituvchilari bilan seminar-trening oʻtkazib, sohaga doir ilgʻor tajribalarini oʻrtoqlashdi. Yaqin kelajakda Vebster universiteti talabalari uchun Samarqandda qisqa muddatli “Oʻzbek tili va madaniyati” oʻquv kurslarini tashkil qilish, amerikalik professor-oʻqituvchilarni institutning oʻquv jarayonlariga jalb etish masalalari yuzasidan kelishib oldilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala