Vladimir Putin Alisher Usmonovni tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRabochaya vstrecha prezidenta Rossii V.Putina s osnovatelem USM Holdings Alisherom Usmanovim
Rabochaya vstrecha prezidenta Rossii V.Putina s osnovatelem USM Holdings Alisherom Usmanovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Alisher Usmonovni 65 yoshga to‘lishi bilan tabrikladi.

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Prezident Vladimir Putin tadbirkor va metsenat Alisher Usmonovni 65-yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qildi Dmitriy Peskov, bu haqida bir qator Rossiya OAVlari xabar qilmoqda.  

“Yubilyar nomiga yo‘llangan telegrammada, Usmonovning sport, fan va madaniyatni rivojlantirishda faol ishtiroki hamda ta’lim va ma’rifat sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab – quvvatlashga qo‘shayotgan katta hissasi prezident tomonidan alohida qayd etilgan”, - dedi Dmitriy Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov Rossiyada tashkil etilgan “San’at, fan va sport” tashkilotining asoschisi. 2014-yilda Bloomberg agentligi Alisher Usmonovni Rossiyaning “eng saxiy xayr-ehson qiluvchi fuqarosi” deb atagan edi.

Yangiliklar lentasi
0