Iqtisod

Elektrobus, avto-shou va traktorlar: Toshkentda Belarus mahsulotlari koʻrgazmasi oʻtkaziladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishVыstavka "EkspoSitiTrans 2014"
Vыstavka EkspoSitiTrans 2014 - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻrgazma Belarus savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston tashqi savdo vazirligi, ikki mamlakat davlat organlari, elchixonalari va biznes-uyushmalari koʻmagida tashkil qilinadi.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Toshkentda 2018 yil 14-19 sentyabr kunlari Belarus ishlab chiqaruvchi korxonalarining “Made in Belarus” koʻrgazmasi oʻtkaziladi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga koʻrgazma tashkilotchilari matbuot xizmati maʼlum qildi.

 Prezident Respubliki Belorussiya Aleksandr Lukashenko  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Lukashenko Oʻzbekistonga keladi: bu shunchaki “quruq” kelib-ketish boʻlmaydi

Ushbu koʻrgazma Belarus savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston tashqi savdo vazirligi, ikki davlat organlari, elchixonalari va biznes-uyushmalari koʻmagida tashkil qilinadi.

Koʻrgazmada Belarus Respublikasining 152 ta korxonasi qatnashishi kutilmoqda. Ulardan eng asosiylari: “BELAZ”, “MTZ”, “Belshina”, “Belarusskaya lesnaya kompaniya”, “Berezastroymaterialы”, “Adani”, “BelOMO”, “Konte SPA”, “Kommunarka”, “Babushkina krыnka”, “Belrыba”.

Koʻrgazma mashinasozlik, kimyo va neft kimyo mahsulotlari,  qurilish va daraxtni qayta ishlash, ilm-fan va texnologiyalar, yengil sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari, taʼlim, poligrafiya, farmatsevtika va tibbiyot, turizm yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi.  

“Mins traktor zavodi” tomonidan "BELARUS - 82.1", "BELARUS - 80X" i "BELARUS -

1025.2" zamonaviy traktorlari namoyish qilinadi. Shuningdek,  "Gomselmash", "Blyuming", "Amkodor" kompaniyalari qishloq xoʻjalik texnikasi koʻrsatiladi.

“Minsk avtomobil zavodi” yuklash-tushurish va qurilish ishlari uchun avtokran, samosval avtopoyez va yoʻlovchi MAZ-206 avtobusini namoyish qiladi.

“Belkommunmash” korxonasi tomonidan esa oʻzida trolleybus va avtobus afzalliklarini mujassam etuvchi elektrobus YE433 "Vitovt Max Electro" koʻrsatiladi.

Prezident Respubliki Belorussiya Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston
Aleksandr Lukashenko 12 sentyabrda Oʻzbekistonga keladi

Pavilon ichidagi ekspozitsiyadan tashqari koʻcha maydonida “Amkodor”, “MAZ”, “MTZ”, “Gomselmash”, “Bobruyskagromash”, V.I. Kozlov nomidagi “Minsk elektrotexnika zavodi” va “Blyuming” korxonalarining 48 dona texnika havola etiladi.

Shu bilan birga, Belarus texnikasi imkoniyatlarini batafsil namoyish qilish uchun avto-shou ham koʻrsatiladi.

"Mogilevliftmash" kompaniyasi tomonidan yuk koʻtarish quvvati 400 tonna boʻlgan liftlarni va liftlarni boshqaruv stantsiyalari mikroprotsessorlari koʻrsatiladi.

Bundan tashqari, belaruslik kompaniyalar uy va ofis uchun zamonaviy maishiy texnika taqdim etiladi. Xususan, “Atlant” zavodi kir yuvish mashinalari va muzlatgichlar namoyish qilinadi. “Gorizont” zavodi oʻzining 43-45 dyuymli LCD-televizorlarni va taʼlim va biznes interaktiv sensor tizimlari havola etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala