Iqtisod

GM Uzbekistan kompaniyasi “Captiva” ishlab chiqarishni toʻxtatadi

© StringerObnovlennaya Chevrolet Captiva
Obnovlennaya Chevrolet Captiva - Sputnik Oʻzbekiston
“Chevrolet Captiva” avtomobili Oʻzbekiston bozoriga kirib kelganiga roppa-rosa 11 yil toʻldi.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. “General Motors” kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq, “Chevrolet Captiva” avtomobilini “GM Uzbekistan” AJ ishlab chiqarish quvvatlarida yigʻish yakunlanadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Avtomobil Shevrole Spark - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
GM Uzbekistan mexanik uzatmali “Spark” avtomobilini ishlab chiqarish hajmni oshiradi

Kompaniya xabarida aytilishicha, shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalarga arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish bugundan toʻxtatiladi.

“GM Uzbekistan” AJ dilerlik korxonalari bilan birgalikda “Chevrolet Captiva” rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun isteʼmolchilar oldida oʻzining majburiyatlarini yil oxirigacha toʻliq yetkazib berilishini taʼminlaydi.

“Chevrolet Captiva” avtomobili Oʻzbekiston bozoriga kirib kelganiga roppa-rosa 11 yil toʻldi. Ilk bor Captiva avtomobilini Oʻzbekistonda yirik tarmoqli yigʻish 2007 yilning oktyabr oyidan boshlangan. 2011 yilning sentyabr va 2017 yilning fevral oylarida avtomobilning yangilangan modeli chiqarilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala