Jamiyat

Koʻpkari boʻyicha birinchi jahon chempionati Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovIII Mejdunarodnыe igrы kochevnikov v Kirgizii
III Mejdunarodnыe igrы kochevnikov v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻpkari boʻyicha eng birinchi jahon chempionati 2019 yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Koʻpkari boʻyicha dastlabki jahon chempionati 2019 yilda Oʻzbekistonda tashkil qilinadi, deb xabar qilmoqda Qirgʻizistonning Sport AKIpress nashri.

Ushbu qaror Issiq-koʻlda 8 sentyabr kuni Oʻzbekiston sport vazirligi hamda Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻiynlarida ishtirok etayotgan 11 davlat vakillari  ishtirokida qabul qilingan.  

“Koʻpkasi chempionati qaysi shahar va qaysi sanada oʻtkazilishi hozircha aniq emas, lekin qaror qabul qilindi: turnir kok-boru qoidalariga asosan “toʻyqozonlar” bilan boʻlib oʻtadi”, - dedi Qirgʻiziston Kok-boru federatsiyasi prezidenti Jыrgalbek Samatov Sport AKIpress nashriga.

Bugungi kunda koʻpkari oʻyinining bir necha turlari mavjud.

Qirgʻizistonda qabul qilingan Kok-boru uslubida maydonning ikki chekkasida 2ta ulkan “toʻyqozon” quriladi. Polvonlar uloqni raqib jamoa toʻyqozoniga solishi kerak. Taʼkidlash joizki, ushbu uslubda otlar va polvonlar qozonga urilib jarohat olish ehtimoli ham oshadi.

Qozogʻistonda qabul qilingan Kokpar uslubida esa toʻyqozonlar oʻrniga yerda aylanalar chiziladi. Jamoa ochko toʻplash uchun uloqni ushbu aylanalr ichiga keltirib tashlashi kerak. Qozogʻiston Kokparida jamoalar 3 taym oʻrniga 2 taym bellashadi.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda 2-8 sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan III Butunjahon qoʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida Kok-boru oʻyinida Oʻzbekiston terma jamoasi kumush medal sohibi boʻlgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala