Hodisalar

Moliyaviy piramida tashkil qilgan Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyada qoʻlga olindi  

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston
Turli moliyaviy jinoyatlar amalga oshirish yoʻli bilan 13 million dollar oʻgʻirlagan Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Jinoiy uyushma tashkil qilishda ayblanayotgan Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi, deb xabar qilmoqda Rossiya Federatsiyasining Bosh prokuraturasi.

Xususan, 32 yoshli Suxrob Fazilov, 2010 yildan buyon Oʻzbekiston huquqni saqlash organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 242 moddasining 1 qismi (Jinoiy uyushma tashkil qilish), 168 moddasining 3 bandi (tovlamachilik), 243 moddasi (Jinoiy yoʻl bilan topilgan daromadlarni qonuniylashtirish) kabi jinoyatlarda ayblanib, qidiruvda boʻlgan.

Vo vremya podpisaniya dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Frantsiya ekstraditsiya toʻgʻrisida shartnoma tuzishni muhokama qildi

Fazilov 2007 – 2009 yillarda Oʻzbekiston hududida offshor mamlakatlar hududida tashkil qilingan xorijiy kompaniyalar nomi ostida moliyaviy piramida tashkil qilib, uni boshqargan. Xususan, yolgʻonchilik va aholi ishonchini suisteʼmol qilish yoʻli bilan Samarqand viloyatida yashovchi 140 nafardan ortiq fuqarolardan 61 ming AQSH dollari yigʻib olgan.

Undan tashqari Fazilov ushbu jinoiy uyushmaning boshqa boʻlimlari bilan hamkorlikda valyuta mablagʻlarini sotib olish va sotish yoʻli hamda Rossiya banklari hisob raqamlariga oʻtkazilishi kerak boʻlgan 13 mln. AQSH dollaridan ortiq valyuta mablagʻlarini qasddan yashirgan.

2017 yilning noyabr oyida xalqaro qidiruvda boʻlgan Fazilov Moskva metropolitenida politsiya tekshiruvi vaqtida qoʻlga olingan. Tekshiruvdan soʻng Moskva prokuraturasi uni Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilish haqida qaror chiqargan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala