Jamiyat

Moskvada islomiy bank ochgan Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishAQSH dollari
AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Noqonuniy  moliyachilar katta miqdorda mablagʻlarni naqdga aylantirib xorijga olib chiqib ketishda ayblanmoqda.  

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Turkiyalik biznesmen va uning oʻzbekistonlik sherigi Moskvada noqonuniy moliyaviy faoliyatda ayblanib hibsga olindi, deb xabar qilmoqda "Kommersant" nashri.

Politsiya xabariga koʻra, qoʻlga olingan shaxslar tadbirkorlarga yirik summalarni naqd pulga aylantirib, xorijga olib chiqib ketishga yordam bergan. Tergov organlari fikriga koʻra, ular mablagʻlarni naqd qilish evaziga 9 million rubldan ortiq noqonuniy daromad olishgan.

Ayni djada ushbu ikki fuqaro uy qamogʻida saqlanmoqda. Ularning advokati esa, ushbu voqeada Rossiya qonunchiligini ayblamoqda.

Advokat aytishiga qaraganda, ularning javobgarlikka tortilishiga sabab – “Rossiya qonunchiligida islomiy bank printsiplarini taʼriflovchi normalarning yoʻqligi” boʻlgan.

Xufiya moliyachilar asosan Turkiyadan mol olib kelib sotuvchi tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishgan. Ular tovar yetkazib beruvchilar va savdogarlar orasida hisob-kitob qilishga yordam berishgan.

Eslatib oʻtamiz, islomiy bank tizimida kreditdan foiz olish taʼqiqlanadi. Buning oʻrniga banklar mijoz biznesiga sherik boʻlish yoki boshqa yoʻllar bilan daromad oladi. Shuningdek islomiy bank tizimida alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlaridan olingan daromad qabul qilinmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala