Sport

Oʻzbekiston ot sporti boʻyicha eng yirik xalqaro musobaqada uchinchi oʻrinni oldi

© Equestrian Federation of UzbekistanUzbekistanets Saidamirxon Turgunbayev zavoyeval bronzovuyu medal Kubka mira po preodoleniyu prepyatstviy FEI World Jumping Challenge
Uzbekistanets Saidamirxon Turgunbayev zavoyeval bronzovuyu medal Kubka mira  po preodoleniyu prepyatstviy  FEI World Jumping Challenge - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro musobaqa Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi "Allyur" ot-sporti klubida oʻtkazildi.

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Ot sporti turi boʻyicha “FEI World Jumping Challenge" xalqaro tanlovining final bosqichi oʻz yakuniga yetdi.

FEI World Jumping Challenge proxodit v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekiston FEI World Jumping Challenge finaliga mezbonlik qilmoqda

Oʻzbekiston milliy ot sporti tarixida birinchi marotaba oʻtkazilayotgan musobaqa Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi "Allyur" ot-sporti klubida boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Osiyo va MDH mamalakatlari orasida bunday keng koʻlamli musobaqalarni tashkil qilish uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olib, eng yaxshi otchoparlar tanlovini yuqori darajada tashkil qilishga erishdi.

Turli mamlakatlardan kelgan eng yaxshi 10 nafar sportchi musobaqa ajoyib va qiziqarli boʻlishi uchun barcha mahoratlarini koʻrsatishdi.

Ikki bosqichda boʻlib oʻtgan musobaqa natijalariga koʻra gʻoliblar aniqlandi. Birinchi oʻrinni isroillik chavandoz Sternbax Nadav oʻzining “Aragon” ismi oti bilan qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrinni argentinalik Richard Kiyerkigard “Ramiro” ismli oti bilan egalladi.

Bronza sovrini esa oʻzbekisonlik Saidamirxon Turgʻunboyev “Ambassador” ismli oti bilan qoʻlga kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala