Maqom anjumanida gran-pri Tojikiston ansambliga berildi

© Foto: Sherzoda IkramutdinovaJuri Mejdunarodnogo foruma iskusstva makom
Juri Mejdunarodnogo foruma iskusstva makom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro hakamlar hay’ati “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” nominatsiyasi bo‘yicha baholadi.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san’ati anjumani yakunlandi, deb xabar qilmoqda UzA.

Xalqaro anjumanning so‘ngi kunida yopilish marosimi va turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib  o‘tdi.  Xalqaro hakamlar hay’ati “Eng yaxshi maqom ansambli”, “Eng yaxshi yakkaxon cholg‘u ijrochisi” va “Eng yaxshi yakkaxon xonanda” nominatsiyasi bo‘yicha baholadi.

Munojat Yulcheva - Sputnik O‘zbekiston
Maqom forumida 70dan ortiq mamlakat ishtirok etadi

Tunisning “Al Gharbi Twins”, Yaponiyaning “SPCP Japan” jamoalari va Turkmaniston vakili Suxonberdi Orazberdiyev uchinchi o‘ringa loyiq, deb topildi. Eronning “Nastar” ansambli va hindistonlik Ustad Iqbol Ahmat Xon ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Ozarbayjonning “Hayrati” jamoasi solisti Nigor Shabanova va O‘zbekistonning “Saqil” ansambli birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Nihoyat, hayajonli lahzalar. Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Xalqaro maqom san’ati anjumanining bosh sovrini – Gran-pri Tojikiston maqom akademiyasiga berilgani e’lon qilindi.

G‘olib va sovrindorlarga pul mukofotlari, shuningdek, anjumanning maxsus diplomi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bundan tashqari, anjumanda ishtirok etgan barcha xorijiy mehmonlarga suvenir va maxsus sertifikatlar topshirildi.

Marosimda yurtimiz san’at ustalari va yosh ijrochilarning konsert dasturi hamda 3D proyeksiya-musiqali yoritish tomoshasi namoyish etildi. 

Eslatib o‘tamiz, Shaxrisabzda bo‘lib o‘tgan nufuzli anjumanda jami 73 davlatdan 300 ga yaqin yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoalar, uning doirasida o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 19 davlatdan 30 nafar musiqashunos olim ishtirok etdi. 

 

Yangiliklar lentasi
0