Jamiyat

Savitskiy muzeyida zarar koʻrgan sanʼat asarini restavratsiya qilish boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKartinы v muzeye im. Savitskogo v Nukuse
Kartinы v muzeye im. Savitskogo v Nukuse - Sputnik Oʻzbekiston
Savitskiy muzeyida zarar koʻrgan sanʼat asarini rossiyalik mutaxasislar yordamida restavratsiya qilish boshlandi.  

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Savitskiy muzeyida yongʻin oʻchirish tizimining ishlab ketishi oqibatida zarar koʻrgan A.V. Shevchenkoning "Chelak koʻtargan xotin" ("Baba s vedrami") asarini restavratsiya qilish boshlandi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi.  

Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan Grabar nomli Butunrossiya badiiy restavratsiya markazidan tajribali restavratorlar hamda Pushkin nomidagi Davlat sanʼat muzeyidan oliy kategoriyali rassom-restavrator Koshkina Nadejda Sergeyevna taklif qilingan.

© Press-slujba GMII im. A.S. PushkinaOliy kategoriyali rassom-restavrator  Koshkina N.
Savitskiy muzeyida zarar koʻrgan sanʼat asarini restavratsiya qilish boshlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Oliy kategoriyali rassom-restavrator  Koshkina N.

Sentyabr oyining boshida Nadejda Sergeyevna Nukus shahriga yetib kelib restavratsiyaga tayyoralsh ishlarini boshlagan. Koshkina asarning boʻyoqlarining yoʻqotilgan maydoni hajmini aniqlab, konservatsiya ishlarini amalga oshirgan.

Kartinani restavratsiya qilishda qoʻyidagi uslublardan foydalanishga qaror qilingan:

  • eng kichik fragmentlarini koʻchib tushgan joyiga qaytarish uslubi rasmning butligini tiklash;
  • boʻyoq qatlamidagi shishib chiqqan, yorilgan va koʻchib tushgan joylarini 5% baliq yelimi va asal hamda pinen yordamida, papirus va  mikalent qogʻozi yordamida amalga oshiriladi;
  • shakl buzilishi oʻz holiga qaytariladi.

Yuqorida belgilangan ishlar tugatilganidan soʻng, badiiy asarning yoʻqoltilgan qismining maydoni aniqlandi. N. Koshkina xulosasiga koʻra, boʻyoq qatlamining haqiqatdan yoʻqotilgan qismi 10% ni tashkil qiladi.

Eslatib oʻtamiz, dastlab internetda ushbu sanʼat asari zarar koʻrgani haqidagi paydo boʻlgan xabarda rasmning 60 % yoʻqotilgan deyilgan edi.

Yuqorida qayd etilgan qadam badiiy asarni restavratsiya qilishning birinchi bosqichi edi. Restavratsiya ishlari N. Koshkinaning navbatdagi tashrifida davom ettiriladi.

© Karakalpakskiy gosudarstvennыy muzey iskusstv im. I. V. SavitskogoKartina "Baba s vedrami" xudojnika Aleksandra Shevchenko
Savitskiy muzeyida zarar koʻrgan sanʼat asarini restavratsiya qilish boshlandi - Sputnik Oʻzbekiston
Kartina "Baba s vedrami" xudojnika Aleksandra Shevchenko
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader