Tadbirkorlar bilan ishlash uchun Respublika komissiyasi tashkil etildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente
Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hududlarda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hududiy guruhlar tashkil etildi.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.

Ploshad u mejdunarodnogo biznes Sentra - Sputnik O‘zbekiston
Belarus davlati biznes doiralari O‘zbekistonga kelishadi

Qarorda ta’kidlanishicha:

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qator tizimli muammo va kamchiliklarga duch kelmoqda;

yangidan tashkil etilgan davlat tashkilotlari, hokim o‘rinbosarlari tomonidan tadbirkorlarning dolzarb muammolarini hal etishga ko‘p hollarda beparvo munosabatda bo‘linayotganligi kuzatilmoqda.

respublika va joylardagi davlat organlarida keng tarqalgan tadbirkorlar tashabbuslarini ko‘rib chiqish va masalalarini hal etishdagi sansolarlik, burokratizm va to‘siqlar bilan bog‘liq holatlar tadbirkorlarni hududlarni rivojlantirishga faol jalb etish, yalpi hududiy mahsulot hajmini oshirish, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish va xizmatlar sohasini rivojlantirishni ta’minlamayapti;

joylardagi vakolatli shaxslarining malakasi va amaliy tajribasi yetarli darajada emasligi, respublika organlari tomonidan ular faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining sustligi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali ijro etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shavkat Mirziyoyev vruchil orden El-yurt hurmati  USM Holding Alisheru Usmanovu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xorijlik ishbilarmonlar va davlat arboblariga davlat mukofotlarini topshirdi

Qarorga muvofiq hududlarda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hududiy guruhlar tashkil etildi.

Hududiy guruhlar tarkibiga kirgan shaxslar asosiy ish joyi bo‘yicha majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinadi hamda doimiy ravishda o‘zlariga biriktirilgan hududda bo‘ladi.

Komissiya va hududiy guruhlarning so‘rovlari, ko‘rsatmalari barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va mansabdor shaxslari tomonidan so‘zsiz ijro etilishi majburiy hisoblanadi.

Komissiya 10 kunda kamida bir marta joylardagi hal qilinmagan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mavjud burokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etadi, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan, manzilli topshiriqlar nazarda tutilgan qarorlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshiradi.

Qarorga muvofiq:

hududiy guruhlar moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda, davlat tashkilotlari zimmasiga tegishli hududda salohiyatli loyihalar bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha tashkilotlarini jalb etish yuzasidan majburiyatlarni yuklash huquqiga ega;

auksion savdolariga qo‘yiladigan davlat mulki obyektlari tadbirkorlarning aniq majburiyatlarini belgilagan holda savdoga qo‘yiladi;

bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalaridan foydalangan holda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, hokimliklarning veb-saytlarida va Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi, shuningdek, televideniyeda e’lon qilinadi;

tadbirkorlar salohiyatli loyihalarni tanlashda tegishli hujjatlarni keyinchalik hududiy guruhning ishchi organiga yuborish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki bevosita hududiy guruhning ishchi organiga murojaat qilishi mumkin;

hududiy guruhlar bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarining ularda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarni ko‘rsatgan holda elektron auksion savdolariga qo‘yilishini ta’minlaydi;

Goroda mira. Barselona - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek ishbilarmonlari Ispaniyadagi sheriklar bilan hamkorlik masalasini muhokama qilishdi

ushbu talablariga muvofiq o‘tkaziladigan elektron auksionni o‘tkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmaydi;

bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari yoki yer uchastkalari auksion g‘olibiga bir yilgacha muddatda oldindan zaxiraga olish shartlarida (loyihaning murakkabligidan kelib chiqib, muddatini uzaytirish imkoniyati bilan) keyinchalik investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan shartlar bajarilganidan so‘ng egalik va foydalanish huquqini rasmiylashtirgan holda beriladi. Investor tomonidan investitsiya shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, zaxiraga olish investorning xarajatlari qoplanmagan holda bekor qilinadi.

Adliya vazirligiga Davlat xizmatlari markazlarida bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari negizida kelib tushayotgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini hisobga olish ularni ko‘rib chiqish jarayonini monitoring qilishga imkon beradigan elektron tizimni joriy etish vazifasi yuklandi.

Yangiliklar lentasi
0