Bir hafta ichida 2 milliard so‘mlik “chiroyli” raqamlar sotildi

© Foto : Novosti Uzbekistana"Krasivie" nomera na avtomobil v Uzbekistane
Krasivie nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p chiroyli raqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sotilgan. Umumiy savdo hajmida ushbu hududning ulushi 19 %ga teng.

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. O‘zbekiston Tovar xom-ashyo birjasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 5-sentabrdan 8-sentabrgacha auksionda qiymati 2 mlrd. so‘mdan “chiroyli” avtoraqamlar sotilgan.

Krasivie nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqamlarning narxlari o‘zgardi

Sotilgan avtomobil raqamlarining umumiy soni 638tani tashkil qilgan. Ulardan 21 % - Birinchi toifali, 24 % - ikkinchi toifali va 55 % - uchinchi toifali avtomobil raqamlaridir.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, eng ko‘p chiroyli raqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida sotilgan. Umumiy savdo hajmida ushbu hududning ulushi 19 %ga teng.

Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati 12 % ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Namangan bo‘lib, uning ulushi 10 %. Boshqa hududlarning ulushi 59 %ni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0