Mirziyoyev paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishUborka xlopchatnika
Uborka xlopchatnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 ta tumandan 70 tasi to‘liq klaster tizimiga o‘tadi.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-sentabr kuni 9 oy va yil yakuni bo‘yicha belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish, paxta-to‘qimachilik sohasida klasterlarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: kelgusi yil rejalarini hozirdanoq belgilab olishimiz kerak

Yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Joriy yilda 20 ta tumanda 164 ming gektar maydonda klaster usulida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, bu tajriba dastlabki natijalarini bera boshladi.

O‘zini oqlayotgan bu tizimni yanada kengaytirish maqsadida kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqilib, ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyati mavjud bo‘lgan 44 ta tashabbuskor tanlab olindi. 2019-yilda 61 ta klaster tomonidan jami paxta maydonlarining 51 foizida paxta yetishtirish rejalashtirilmoqda. 

Kelgusida paxta yetishtiruvchi 133 ta tumandan 70 tasi to‘liq klaster tizimiga o‘tadi. Yangi tashkil etilayotgan klasterlar tomonidan 41 ta korxona tashkil etilib, 23 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Yangi quvvatlarni tashkil etish va klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish natijasida, 2019-yilda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 78 foizi O‘zbekistonda qayta ishlanadi. Bu 2017-yilga nisbatan 2 marotaba ko‘p degani. 2020-yilga borib, paxta tolasini to‘liq qayta ishlashga o‘tiladi. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish ulushi 40 foizdan kamida 60 foizga yetkaziladi. 

“Shuning uchun klasterlar faoliyatiga har tomonlama yordam berishimiz zarur. Paxtachilikda qishloq xo‘jaligining kelajagi, uning iqtisodiy samaradorligi klasterlar bilan bog‘liq. Klasterlar agrar sohani jadal rivojlantirishning “lokomotivi” bo‘lishi kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Joriy yilda paxta-to‘qimachilik klasterlariga berilgan barcha imtiyozlarni keyingi yillarda tashkil etiladigan klasterlarga ham tatbiq etish, klasterlar faoliyatini yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.  

2019-2023 yillarda qishloq xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish dasturini ishlab chiqish, sohaga xalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0