Jamiyat

Prezidentlar doʻstligi - davlatlar doʻstligi: Toshkent va Minsk munosabatlari haqida

Belarus va Oʻzbekiston munosabatlari tarixi va yangi davri haqida.

TOSHKENT, 12 sen - Sputnik. Belarus prezidentining Toshkentga rasmiy tashrifi oldidan Sputnik Belarusda ishlovchi hamkasabalarimiz Oʻzbekiston va Belarus munosabatlari ning eski va yangi davri haqida quyidagi faktlarni aniqlagan.

Oʻzbekiston - Belarus munosabatlari  - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekiston - Belarus munosabatlari

Oxirgi 2 yil davomida Belarus va Oʻzbekiston munosabatlari jadal va har tomonlama rivojlanib kelmoqda. 

Oʻzbekiston Birinchi prezidenti davrida Aleksandr Lukashenko Oʻzbekistonga 2 marotaba tashrif uyushtirgan boʻlsa, oxirgi ikki yilda ham ikki marotaba tashrif buyurgan.

Ikkinchidan, Belarus Oʻzbekistonda diplomatik munosabatlar oʻrnatilganidan bir yildan soʻng elchixona ochgan boʻlsa, Oʻzbekistonga buning uchun 25 yil vaqt kerak boʻlgan.

Sharq - bu nozik masala 

Sputnik Belarus muxbiri sobiq diplomat bilan boʻlgan suhbatda quyidagilarni bilib olgan. Diplomat aytishiga qarganda Oʻzbekiston va Belarus munosabatlari 90 yillarda buzilgan. Bunga paxta bilan bogʻliq bir voqea sabab boʻlgan.

Oʻshanda Belarusning hali yosh prezidenti mamlakatdagi korxonalarni aylanib yurib Baranovichi shahriga kelgan. U yerda xom-ashyo yoʻqligi tufayli ishlamay turgan toʻqimachilik kombinatini koʻrib ularga yordam berishni vaʼda qilgan.

Vыstavka EkspoSitiTrans 2014 - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Elektrobus, avto-shou va traktorlar: Toshkentda Belarus mahsulotlari koʻrgazmasi oʻtkaziladi

Shundan soʻng u Karimovga telefon qilib paxta yetkazib berishni soʻragan va uning vaʼdasini olgan. Oʻsha vaqtlarda valyuta tanqisligi tufayli Belarusda mahsulotlar uchun barter yoʻli bilan hisob-kitob qilish odatiy hol boʻlgan. Oʻzbekistonda paxta olishda ham Belarussiya prezidenti shunday yoʻl bilan hisob kitob-qilmoqchi boʻlgan.

Lekin u vaqtlarda Oʻzbekistonda paxta savdosida barter yoʻli bilan hisob-kitob qilish mutlaq taʼqiqlangan edi. Oʻzbekiston paxtani faqat valyuta evaziga sotishga ruxsat berar edi. Shu sababdan Oʻzbekiston Belarusga paxta yetkazib bera olmagan.

Belarus prezidenti Baranovichiga ikkinchi safar kelganida haliyam paxta yoʻqligini koʻrib jahli chiqqan. Muammoning sabablarini  surishtirib oʻtirmasdan Oʻzbekiston Birinchi prezidenti haqida, oʻz vaʼdasida turmasa u qanday prezident - qabilidagi gaplarni aytgan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu gaplar Islom Karimovgacha yetib borgan. Shundan soʻng bir necha yilga Oʻzbekiston OAVlarida Belarus va uning prezidentini nomini tilgan olish taʼqiqlangan.

KXSHT mojarosi  

2011 yilda Belarus prezidenti KXSHT davlatlari rahbarlari uchrashuvida Oʻzbekistonni Tashkilotdan chiqarish kerak, degan mavzuda doklad oʻqiydi.

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishIslom Karimov va Aleksandr Lukashenko Ashxobodda boʻlib oʻtgan "Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va rivojlanish yoʻlida xalqaro hamkorlik" mavzusidagi anjumanda. 2015 yil dekabr.
Prezidentlar doʻstligi - davlatlar doʻstligi: Toshkent va Minsk munosabatlari haqida - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimov va Aleksandr Lukashenko Ashxobodda boʻlib oʻtgan "Betaraflik siyosati: tinchlik, xavfsizlik va rivojlanish yoʻlida xalqaro hamkorlik" mavzusidagi anjumanda. 2015 yil dekabr.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2006 yilad KXSHTga qayta aʼzo boʻlganidan keyin tashkilotning bir qator muhim hujjatlarini ratifikatsiya qilmagan edi.

“Biz bir qator ichki muammolarimizni hal qilib olishimiz kerak, avvalombor ayrim masalalar boʻyicha Oʻzbekistonning pozitsiyasi boʻyicha. Bu allaqachon hammaga maʼlum va bundan hech qayoqqa qochib boʻlmaydi”, - degan edi Leksandr Lukashenko.  

Belorussiya prezidentining dokladini Toshkentda Oʻzbekistonning ichki ishlariga aralashish deb baholashdi.

Ushbu voqeadan biroz vaqt oʻtib Oʻzbekiston KXSHTdan rasman chiqmagan boʻlsada, ushbu tashkilotda oʻzining aʼzoligini vaqtincha toʻxtatib qoʻydi.  

Prezidentlar bahslashuvi

Islom Karimov hech qachon omma oldida Belarus rahbariga nisbatan salbiy maʼnoda gapirmagan, lekin  bir safar ikki prezident biroz bahslashishgan.

2015 yil Gʻalaba kuni oldidan MDH rahbarlari Moskvada uchrashishgan. Belarus prezidenti Gʻalabani boʻlish bilan shugʻullanmasdan uni barcha Sovet xalqlarning umumiy hissasi deb hisoblashga chaqirdi.

Delegatsiya iz Uzbekistana posetila Belorusskuyu AES - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston AES qurilishida Belarus tajribasini oʻrganadi

“Biz doimo Gʻalaba yagona va boʻlinmas deymiz. Biz hisobchilar emasmiz, biz bu yerda u yoki bu xalqning urushga qoʻshgan ulushining katta yoki kichikligini hisoblab oʻtirishimiz kerak emas. Gʻalaba rus, belorus, qozoq, qirgʻiz, oʻzbek yoki tojik millatiga emas – butun Sovet xalqiga, ushbu Buyuk gʻalaba buyuk Sovet xalqiga tegishli deb hisoblashimiz kerak”, - degan edi Belarus rahbari.

Bunga javoban Oʻzbekiston prezidenti “bu yerda be arifmetika yoki buxgalteriya emas degan gaplar aytildi. Mening fikrimcha bunay deyish notoʻgʻri. Albatta urush barcha respublikalar uchun juda ogʻir sinov boʻldi. Lekin, shunga qaramasdan, gʻalabada rus xalqining alohida oʻrni bor. Men har bir soʻzim uchun javob berishga tayyorman. Fashizm bilan boʻlgan kurashning eng ogʻir yuki, ulkan insoniy va material yoʻqotishlari Rossiya xalqlari zimmasiga tushdi”, - degan edi Islom Karimov.  

Yangi davr -  doʻstlik davri

Oʻzbekiston Birinchi prezidentining vafotidan keyin, MDH barcha mamlakatlari rahbarlari uning dafn marosimiga tashrif buyurishdi. Belarus prezidenti oʻz hamdardligini masofadan turib bildirdi va oʻrniga bosh vazir Andrey Kobyakovni yubordi.

 Tseremoniya otkrыtiya byusta i ulitsы imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Belarus va Oʻzbekiston doʻstligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas byusti oʻrnatildi

“Oʻzini davlat va xalq xizmatiga bogʻishlagan porloq yetakchi dunyoni tark etdi. Hamyurtlari va butun dunyodagi doʻstlari  Islom Abdugʻaniyevich nomini Mustaqil Oʻzbekistonning oyoqqa turishi bilan bogʻliq boʻlgan buyuk siyosiy va jamoat rahbari sifatida eslab qolishadi”, - degan edi Lukashenko oʻshanda.   

Lekin  2016yil oktyabrida Oʻzbekistonga boʻlgan tashrifi davomida Aleksandr Lukashenko Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova bilan uchrashib u kishiga oʻz hamdardligini shaxsan bildirgan. Shundan soʻng Belarus rahbari Islom Karimov qabriga tashrif buyurib u yerga gul qoʻydi.

Oʻzbekiston yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev davrida ikki mamlakat munosabatlari jadal oʻzgara boshladi. Minskda vanihoyat Oʻzbekiston elchixonasi paydo boʻldi. Belarus prezidenti esa Oʻzbekiston rahbarini mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar uchun samimiy olqishlay boshladi. Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni bir necha bor “doʻstim” deb atadi.

“Oxirgi bir yil davomida biz doʻstim Shavkat (Shavkat Mirziyoyev) bilan belarus – oʻzbek munosabatlarida oʻtgan 20 yil ichida bajarilgan ishlardan koʻp ish qildik”, - degan edi Aleksandr Lukashenko.

Yana bir qiziqarli fakt: Belarusning sobiq bosh vaziri Vyacheslav Kebich maʼlum qilishiga koʻra, Karimovlar oilasida belarus qoni ham bor. Buni Birinchi prezidenting kenja qizi ham tasdiqlagan edi. “Mening buvim belorussiyalik. Urush vaqti buvam - Fargʻonalik oʻzbek uni Quvasoyga olib kelgan”, - degan edi Lola Karimova-Tillayeva oʻz Instagramida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala