Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvni tayyorlayapti

© AFP 2023 / SHAH MARAI Afganskie politseyskie v Kabule.
 Afganskie politseyskie v Kabule.  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Afg‘oniston hukumati bilan uchrashuv sanasini belgilash bo‘yicha ish olib bormoqda.

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvni tayyorlayapti. Uni shu yil yakuniga qadar o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov ma’lum qildi.

Posledstviya vzriva  - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda xudkush-terrorchi olomon orasida o‘zini portlatdi

“Biz ushbu uchrashuvni tayyorlash ishlarini davom ettirmoqdamiz. Uchrashuv bekor qilinmagan, u ko‘chirilgan. Biz hozir Afg‘oniston hukumati bilan yig‘ilish sanasini belgilash bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Umid qilamizki, uchrashuv shu yil yakuniga qadar o‘tkaziladi”, - dedi Morgulov Sharqiy iqtisodiy forumida.

Joriy yil 11-13 sentabr kunlari Uzoq Sharq federal universiteti kampusi Russkiy orolida to‘rtinchi Sharqiy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0