TOSHKENT, 12 sen — Sputnik, Kseniya Naka. Yaponiya Rossiya va Xitoy bilan bir qatorda "Sharq-2019" hamkorlikdagi harbiy mashgʻulotlarda ishtirok etishni xohlamoqda, gap uch mamlakat harbiy ittifoqi tashkil topishi haqida bormoqda, deb hisoblaydi siyosatshunos, Rossiya boʻyicha Yaponiyada eng taniqli boʻlgan mutaxassislardan biri, Tsukubo universiteti professori Itsuro Nakamura.
Nakamuro bu fikrni Vladivostokda boʻlib oʻtgan Yaponiya va Rossiya yetakchilari uchrashuvi yakuni boʻyicha RIA Novosti muxbiri bilan suhbatda aytgan.
Rossii prezidenti Vladimir Putin chorshanba kuni Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar olgʻa qadam qoʻyayotgani, "va bu munosabatlar birinchi marta harbiy muassasalarimiz hamkorligiga dahldor boʻlgan"ini qoʻshimcha qilgan.
"Hozirda Rossiya va Xitoyning Sibir va Uzoq Sharqda harbiy mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Yaqin kelajakda Yaponiya ham unda ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu shu bugungi sammitning eng katta yangiligi", - deb aytgan olim.
Nakamuroning aytishicha, shu kunlarda Vladivostokda oʻtkazilayotgan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida boʻlib oʻtgan Rossiya va Yaponiya yetakchilari uchrashuvi kun tartibidan aynan shu masala oʻrin olgan.
"Oʻtgan yilning iyunida Qozogʻistonda Xitoy va Rossiya mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik haqida kelishgan edilar, - deb eslatdi ekspert. - Forum bilan bir qatorda oʻtkazilayotgan bugungi hamkorlikdagi harbiy mashgʻulotlar ushbu kelishuv natijasidir".
Nakamura mashgʻulotlarning forum bilan birgalikda oʻtkazilayotganini tasodif deb hisoblamaydi. Uning fikriga koʻra, bu shu narsadan dalolat beradiki, forum iqtisodiy boʻlgani bilan tag zamirida muayyan mudofaa maqsadi ham yotadi.