Dunyoda

Afgʻonistonda aviazarba natijasida 18 nafar “Tolibon” jangarlari yoʻq qilindi

© AP Photo / Raumat GulBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari terrorizmga qarshi qurashish boʻyicha butun mamlakat boʻylab operatsiyalar oʻtkazishmoqda.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Afgʻoniston hukumat harbiylari tomonidan Kandagar provintsiyasida amalga oshirilgan aviazarba natijasi kamida 18 nafar “Tolibon” harakatining jangarlari yoʻq qilinib, 11 nafar jangari jarohatlandi.  RIA Novosti xabariga asosan.

Posledstviya vzrыva  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻonistonda xudkush-terrorchi olomon orasida oʻzini portlatdi

“Operatsiya chorshanbadan payshanbaga oʻtar kechasi amalga oshirildi. Hukumat harbiylari provintsiyadagi ikki tumanga bomba tashlashdi”, - dedi hukumat harbiy idorasi vakili Muxammad Sadek.

Afgʻonistonda hukumat harbiy kuchlari va “Tolibon” harakatining jangarilari oʻrtasida shiddatli kurash ketmoqda.

“Tolibon” bundan avval mamlakatning qishloq tumanlarida katta hududni egallagan, endi esa yirik shaharlarga hujumga oʻtdi. Shuningdek, mamlakat hududida “ISHID” terrorchilik uyushmasi taʼsiri kuchaydi.

Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari hamkorlikda terrorizmga qarshi  qurashish boʻyicha butun mamlakat boʻylab operatsiyalar oʻtkazishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala