Jamiyat

Aleksandr Lukashenko Minskda oʻzbekona uslubda elchixona qurishni taklif qildi

© Press-slujba Aleksandra LukashenkoVstrecha prezidenta Uzbekistana s prezidentom Belarusi v rezidentsii Kuksaroy
Vstrecha prezidenta Uzbekistana s prezidentom Belarusi v rezidentsii Kuksaroy - Sputnik Oʻzbekiston
Biz sizning elchixonangiz uchun eng yaxshi joyni ajratib beramiz. Siz u yerda oʻzbekona uslubda chiroyli elchixona qurishingiz mumkin - dedi Aleksandr Lukashenko

TOSHKENT, 13 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev bilan tor doirada boʻlib oʻtgan uchrashuvda Belarus rahbari Shavkat Mirziyoyevga Minskda oʻzbekona elchixona qurishni taklif qildi. Bu haqida Belarus prezidentining matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

“Siz Minskda elchixona ochdingiz. Bu, siz bizni oʻzingizga yaqin kishilar deb bilishingizdan darakdir, jugʻrifiy jihatdan oramizdagi masofa minglab kilometr boʻlsa ham. Biz yaqin xalqlarmiz va sizning elchixonangiz uchun Mustaqillik Saroyi qarshisidan eng yaxshi joyni ajratib beramiz. Siz u yerda, oʻz yurtingizda qurilgan hashamatli saroylar kabi, oʻzbekona uslubda chiroyli elchixona qurishingiz mumkin”, - dedi Aleksandr Lukashenko.

Shavkat Mirziyoyev bunga javoban Belarus rahbarining ushbu taklifi albatta koʻrib chiqilishini taʼkidladi.

“Belarusda elchixona ochish - uzoq vaqtdan beri mening orzuim edi. Agar bizning munosabatlarimiz haqiqatdan ham doʻstona boʻlsa, elchixona ochib belgilangan tartibda ishlashimiz kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib oʻtamiz, Belarus va Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilinganiga 25 yildan oshgan boʻlsa ham uzoq yilllar davomida Minskda Oʻzbekiston elchixonasi yoʻq edi. Yangi elchixona 2018 yilning may oyida oʻz faoliyatini boshladi.  Oʻshanda Belarus rahbari Oʻzbekiston elchixonasi uchun shaharning eng yaxshi hududidan joy ajratishni vaʼda bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala