Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi boshlandi

Obuna bo‘lish
Tashrif boshida Aleksandr Lukashenko Mustaqillik va ezgulik monumentiga hamda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qo‘ydi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Belarus prezidenti kecha 12-sentabrda O‘zbekistonga yetib kelgan edi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovlar kutib olishdi.

Aleksandr Lukashenko Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘yidi. Undan so‘ng Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qo‘ydi.  

Belarus prezidentining rasmiy kutib olish marosimi hamda tor va keng doiradagi muzokaralar 13-sentabr kuniga rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0