Jamiyat

Apple 3 ta yangi iPhone taqdim qildi

© AP Photo / Marcio Jose SanchezPrezentatsiya novogo iPhone Xs i iPhone Xs Max
Prezentatsiya novogo iPhone Xs i iPhone Xs Max - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi smartfonlaga oʻrnatilishi mumkin boʻlgan maksimal xotira hajmi 512 Gb boʻlib ular mutlaq suv oʻtkazmaydigan qilib yasalgan.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Apple kompaniyasi kecha Kuppertinoda boʻlib oʻtgan taqdimot marosimida 3ta yangi iPhone namoyish qildi: iPhone Xs, iPhone Xs Max va iPhone Xr.

Yangi iPhone Xsning 5,8 dyuymli, 2,7 milliona pikselga ega boʻlgan Super Retina OLED displeyga ega. Ushbu modelning narxi 999 dollarni tashkil qiladi. Uning kattartirilgan versiyasi -  iPhone Xs Max deb ataladi va 6,5 dyuymli ekranga ega boʻlib 1099 dollarga sotiladi.

Smartfonlar ikkita 12 megapikselli kameraga ega boʻlib, ularning biri yaqin masofada yorugʻlik kam boʻlganda suratga tushirish ikkinchisi uzoq masofada rasmga tushirish va video uchun ishlatiladi.  

© AP Photo / Marcio Jose SanchezPrezentatsiya novogo iPhone Xs i iPhone Xs Max
Apple 3 ta yangi iPhone taqdim qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Prezentatsiya novogo iPhone Xs i iPhone Xs Max

iPhone Xr esa – arzonroq boʻlib, 6,1 dyumli IPS ekranga va alyumin korpusga ega. iPhone Xr faqat bitta 12 megapikselli kameraga ega boʻlib, uning narxi 749 dollarni tashkil qiladi.   

Yangi iPhone Xs smartfonlarida Apple ilk bor elektron sim-kartalardan foydalandi. Yaʼni, uning ichiga odatiy sim-karta oʻrnatishga hojat yoʻq. AQShda elektron sim-karta yordamida ikki operatorninn aloqa xizmatidan foydalanish mumkin. Amerikadagi yetakchi uyali aloqa kompaniyalari AT&T, Verizon va T-Mobile ushbu yangilikni qoʻllab quvvatlashgan.

Xitoy va boshqa mamlakat bozorlari uchun oddiy 2ta sim-karta oʻrnatiladigan alohida iPhone Xs smartfonlari ishlab chiqariladi.

Yangi iPhone Xs, Xs Max va  Xrlarning tashqi dizaynida katta oʻzgarishlar  sodir boʻlmagan. Dizayn jihatidan ularning barchasi iPhone Xga juda oʻxshash.

© / AP Photo / Marcio Jose SanchezPrezentatsiya novogo iPhone Xs i iPhone Xs Max
Apple 3 ta yangi iPhone taqdim qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Prezentatsiya novogo iPhone Xs i iPhone Xs Max

Kompaniya vitse-prezidenti xabar qilishiga koʻra, yangi telefonlarda Face ID (inson qiyfasini tanish) funktsiyasi juda tez ishlaydigan boʻladi. Buning uchun smartfonga A12 Bionic nomli maxsus chip oʻrnatilgan. Yangi iphoneda olti yadroli markaziy protsessor, toʻrt yadroli grafik protsessor hamda "neyronli dvijok " oʻrnatilgan. Yangi protsessor sekundiga besh trillionov operatsiyalar amalga oshirish imkonini beradi.

Yangi smartfonlaga oʻrnatilishi mumkin boʻlgan maksimal xotira hajmi 512 Gb boʻlib ular mutlaq suv oʻtkazmaydigan qilib yasalgan. Rossiyada yangi smartfonlarni sotish 28 sentyabrda boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0