Belarus prezidentining rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib  o‘tdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPochetniy karaul vo vremya vstrechi prezidenta Tadjikistana
Pochetniy karaul vo vremya vstrechi prezidenta Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘ksaroyda Belarus prezidetnining rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib  o‘tdi.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Belarus Respublkiasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib  o‘tdi. Marosim jonli efirda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish qilindi.

Ko‘ksaroy rezidensiyasida bo‘lib o‘tgan rasmiy kutib olish marosimida O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi askarlaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi. Marosim taomilga binoan prezidentlar yashil yo‘lakdan yurib shohsupaga ko‘tarilishdi. Shundan so‘ng harbiy orkestr ijrosida Belarus va O‘zbekiston madhiyalari yangradi.

Shundan so‘ng prezidentlar saf tortib turgan faxriy qorovul oldidan o‘tishdi. Belarus prezidenti O‘zbekiston bayrog‘i qarshisida to‘xtab, bosh egib salom berdi.

Undan keyin esa prezident Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoga O‘zbekiston hukumati hamda diplomatik korpus vakillari bilan tanishtirdi.

Marosim so‘ngida prezidentlar yana bir bor shohsupaga ko‘tarilishdi. Faxriy qorovul askarlari jarangdor musiqa ostida prezidentlar oldidan saf tortib o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti tashrifi doirasida tor va keng doiradagi uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0