Analitika

Belaruslar Oʻzbekistonga nima bilan kelishdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejregionalnыy uzbeksko-belorusskiy biznes-forum v Tashkente
Mejregionalnыy uzbeksko-belorusskiy biznes-forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Aleksandr Lukashenko tashrifi munosabati bilan oʻtkazilgan birinchi Oʻzbekiston-Belarus mintaqalararo biznes-forumida oʻnga yaqin bitimlar, shu jumladan maxsus texnikani yetkazish boʻyicha shartnomalar imzolandi. Forumda ikki davlat ishbilarmon doiralarining 400 dan ziyod vakillari qatnashdi.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Toshkentda chorshanba, 12 sentyabr bevosita Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tashrifining birinchi kunida Oʻzbekiston va Belarus ishbilarmonlari ishtirokida mintaqalararo iqtisodiy hamkorlik forumi oʻtkazildi.

Uzoq kutilgan tashrif

Belarus oʻzi uchun yangi boʻlgan, yaʼni eksport strategiyasini va bozorni diversifikatsiyalashni (assortimentni kengaytirish) amalga oshirishga kirishdi.

“Sheriklarimizga taklifimiz bor, ayniqsa – Oʻzbekiston Respublikasida”, - deb taʼkidladi Belarus bosh vazir oʻrinbosari Mixail Rusыy Toshkentdagi ishbilarmon forumida.

“Biz uchun istiqbolli ilmiy, agrosanoat majmuasi, mashinasozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika va yengil sanoat sohasida hamkorlik qilish ustuvor ahamiyatga ega”, - dedi Rusыy.

Amaldor oʻz nutqida Belarus hamkorligining ilgʻor shakllari – oddiy savdo-sotiqdan oʻzaro investitsiya va sanoat kooperatsiyasigacha oʻtishini maʼlum qildi.

Bosh vazir oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, yaqin kunlarda Oʻzbekistonda yoʻl-qurilish texnikasi ishlab chiqarish boʻyicha yangi zavod ochiladi. Shuningdek, Belarusda bugʻdoy tozalash va qurish boʻyicha sanoat majmuasi tashkil qilinadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaUchastniki mejregionalnogo uzbeksko-belorusskogo biznes-foruma v Tashkente
Belaruslar Oʻzbekistonga nima bilan kelishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Uchastniki mejregionalnogo uzbeksko-belorusskogo biznes-foruma v Tashkente

“Oʻzbekiston katta iqtisodiy salohiyatga ega boʻlgan davlatdir. Odamlarda oʻz hayotlarini yaxshilashga intilish va ishlash istagi bor. Belarusda hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan”, - dedi Rusыy.

Toshkentda boʻlib oʻtadigan tadbirda Belarus va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari oʻzlarining istiqbolli sheriklari va hamkasblariga yangi gʻoyalar, takliflar va innovatsion yutuqlarni tanishtirish va taqdim etish uchun ajoyib imkoniyatga ega.

“Bu yerga butun rahbarlik korpusi, yirik sanoat korxonalari rahbarlari kelishgan va oʻz ishlarini boshlashdi. Biz uzoq vaqt bu tashrifni kutdik va rasmiy uchrashuvlar, muzokaralar dasturlari, kun tartibi boʻyicha juda yaxshi tayyorgarlik koʻrdik”, - dedi siyosatchi.

Shuningdek, u Belarus prezidenti Oʻzbekistonga tashrifi ikki mamlakat munosabatlariga yangi turtki berishiga ishonch bildirdi va tashrif davomida erishilgan kelishuvlar oʻzaro tovar ayirboshlashni mustahkamlash va koʻpaytirishga yordam beradi.

“Iqtisodiyotlarimiz oldiga aniq maqsad qoʻyilgan – qisqa vaqt ichida tovar aylanuvi darajasini 500 million dollarga yetkazish. Bugungi kunda bu raqam katta, biroq buni amalga oshirsa boʻladi”, - deb yakun yasadi bosh vazir oʻrinbosari.

Texnika ishi

Shu bilan birga belaruslik sheriklar yigʻma ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga tayyor.

MTZ xolding bosh direktori Fedor Domatenko oʻzbek tomoni bilan imzolangan shartnoma summasini aytib, kelgusi rejalari haqida oʻrtoqlashdi.

“Bizda Oʻzbekistonda biznesimiz bor. Yigʻma sanoat va tayyor mahsulotlarini yetkazish yoʻlga qoʻyilgan, biz traktor komplektlarini yetkazish boʻyicha 15 million dollarlik shartnoma imzoladik. Bugun biz Oʻzbekiston uchun yangi boʻlgan masala – 200 ortiq gusenitsali va bogʻ texnikasini yigʻish sanoatini yoʻlga qoʻyish. Shu kunlarda bu ikki masalaga bagʻishlanadi. Oʻylaymanki, biz shartnoma imzolaymiz va yil yakuniga qadar aniq natijalarga erishamiz”, - deb taʼkidladi Domatenko. 

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBelorusskiye traktorы na vыstavke v Tashkente
Belaruslar Oʻzbekistonga nima bilan kelishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Belorusskiye traktorы na vыstavke v Tashkente

Shuningdek, u bu maydonchani muhimligiga alohida urgʻu berdi, bu Oʻzbekistonga nafaqat qoʻshimcha ish joylarini yaratadi, balki respublikaning eksport salohiyatini ham oshiradi.

Oʻz navbatida “Belshina” korxonasi bosh direktori Vladimir Karpyak Sputnik muxbiriga bergan intervyuda shuni maʼlum qildiki, Oʻzbekistonda shina ishlab chiqarishni oʻzlashtirish rejalari bilan tanish ekanligi, bunda Belarus kompaniyasi texnik yordam koʻrsatishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

“Bugun biz kichik shartnoma imzoladik, atigi 80 ming dollarlik, biroq kelgusida biz “Oʻzbekkoʻmir” uchun tenderda ishtirok etmoqdamiz.  U yerda shartnoma qiymati 800 ming dollarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bugungi kunda biz karyer texnikasi uchun yangi turdagi va oʻlchamdagi shinalarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirmoqdamiz, men ishonamanki, yaqin vaqtlarda ular Oʻzbekiston karyerlarida paydo boʻladi”, - dedi Karpyak.  

Strategik ishonch

Mintaqalararo biznes forumining ahamiyatini Belarus xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik komissiya raisi, Belarus-Rossiya tashqi siyosat boʻyicha parlament yigʻini rahbari,  parlamentlararo ittifoq va tinchlik va xavfsizlik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sergey Raxmanov taʼkidlab oʻtdi.  

“Bu tadbir yuqori darajadagi rahbariyat qatori barcha jarayon ishtirokchilari,  parlament,  biznes vakillari uchun muhim voqeadir. Bu munosabatlarimizning muhimligini qayta koʻrib chiqishni aks ettiradi. Chunki, bu munosabatlar juda jadal rivojlanmagan, biroq endi biz tiklanish davriga guvoh boʻlmoqdamiz”, - dedi Raxmanov.

Uning soʻzlariga koʻra, Belarus tomon oʻzbekistonlik sheriklarini katta qiziqishini koʻrmoqda.

“Biz tomonimizda ham bunday qiziqish bor. Asosiysi – biz bir-birimizga ishonamiz, ikki tomonda salohiyat mavjud, biz buni tez koʻpaytirishimiz mumkin. Darhaqiqat, agar chuqurroq nazar solinsa, bizda yuqori texnologiya va uzoq muddatga moʻljallangan rivojlanish dasturi bilan bogʻliq imkoniyatlarmiz yanada koʻpligini koʻrishimiz mumkin”, - deb qoʻshimcha qildi siyosatchi.

Uning fikriga koʻra, Oʻzbekiston va Belarus birgalikda uzoq muddatga oʻzlarining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashlari mumkin.

“Dunyoda hozir sharoit qiyin, vaziyat oʻzgarmoqda, shuning uchun ishonarli sheriklar bilan bu oʻzgarishlarga qarshi turib, bu bilan oʻz fuqarolarining farovonligini taʼminlash mumkin.  Bizda xalqimiz juda mehnatkash va iqtidorli - Oʻzbekistonda va Belarusda, barcha yoʻnalishlarda oldinga yurish uchun oʻz kuchlarimizni birlashtirishimiz mumkin”, - dedi Raxmanov.

 Prezident Respubliki Belorussiya Aleksandr Lukashenko  - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Lukashenko Oʻzbekistonga keladi: bu shunchaki “quruq” kelib-ketish boʻlmaydi

Bundan tashqari, u ikki tomonlama hamkorlikdan tashqari, koʻp tomonlama formatda oʻz manfaatlarini oldinga surishda hamkorlik qilish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

“Oʻzbekiston - Markaziy Osiyoda nufuzli davlatdir. Belarus – Sharqiy Yevropa mintaqasida muhim va katta oʻyinchidir. Hozir Oʻzbekistonga ham Belarusga ham xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish mavjud. Bizda toʻxtamasdan turli xalqaro tadbirlar oʻtkazilmoqda, bu davlatlarimizga dunyo hamjamiyati tomonidan qiziqish borligini tasdiqlaydi”, - dedi u.

Raxmanov ikki davlat oʻrtasida ancha vaqt oʻzaro hamkorlik uncha samarali boʻlmaganligini ham aytib oʻtdi.

“Biz birga ishlashimiz kerak. Vaqt boʻldiki, unda biz birga yashamadik, hozir, men umid qilaman, biz nafaqat birga yashaymiz, balki juda ham yaqin. Shuning uchun yoʻqotilgan narsalarni tiklash kerak. Ehtimol, bunday darajadagi maʼlumotlarni almashishni muntazam ravishda amalga oshirish uchun, misol uchun ekspertlar uyushmasi markazini yaratish maqsadga muvofiq boʻladi. Agar biz toʻgʻri analitika yoʻlida yursak, menimcha, bu bizni samarali rivojlanish imkonini beradigan poydevor boʻladi”, - dedi belaruslik siyosatchi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Lukashenko Mirziyoyevni Belarusga taklif qildi

Forum doirasida oʻndan ortiq hujjatlar imzolandi. Shular ichida butlovchi qismlarni yetkazish boʻyicha “MTZ-xolding” va “Toshkent qishloq xoʻjalik texnikasi zavodi” AJ oʻrtasida, qishloq texnikasini yetkazish boʻyicha “Bobruyskagromash” OAJ va “OʻzbelAgromash” MCHJ oʻrtasida, hamkorlik qilish bitimi haqida “Oʻzgidroenergo” AJ va “BelAZ” va “Spetstexnika” MCHJ oʻrtasida imzolandi. Bundan tashqari, ishtirokchilar ekskavator-yuklovchi mashinalarini yetkazish boʻyicha “Amkodor-Agrotexmash” MCHJ QK va “Amkodor” oʻrtasida shartnomaga qoʻl qoʻyishdi. Shuningdek, MAZ texnikasini yetkazish boʻyicha “MAZ" va “Maz-Tashkent" korxonalari oʻrtalarida shartnomalar tuzildi.

Belarus yetakchisi tashrifining asosiy qismi 13 sentyabrda boʻlib oʻtadi. Unda Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Ular tor doirada ikki davlat oʻrtasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala