Iqtisod

Emomali Raxmon yangi GESni ishga tushirdi

© Sputnik / Igor Mixalev / Fotobankka oʻtishNurekskaya GES
Nurekskaya GES - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikistonda dunyoning eng baland hududda joylashgan GESlardan biri ishga tushirildi.

TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Tojikistonning Murgʻab tumanida “Tojikiston” nomli kichik quvvatli GES ishga tushirildi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.

Bureyskaya i Nijne-Bureyskaya GES v Amurskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES quradi

GES ochilishida Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon shaxsan ishtirok etdi. Yangi elektr stantsiyasi quvvati 1500 kVt ni tashkil qiladi va Murgʻab tumanidan yashayotgan 14 ming aholini elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.

GES plotinasi balandligi 64 metr, uzunligi 12 metrni tashkil qiladi. Plotina 2 million kubometr suv jamlash imkoniga ega.  GESda har biri 750 kVt boʻlgan ikkita energetik qurilma oʻrnatilgan.

“Tojikiston” elektr stantsiyasi Respublikada, togʻli daryo boʻylab suzayotgan baliqlar ham suzib oʻtishi mumkin boʻlgan, yagona GES hisoblanadi.

Aytish joizki, ushbu GES dengiz sathidan balandligi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Dunyoda eng baland hududda joylashgan GES Nepalda boʻlib, uning quvvati 15 kVt.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala