Jamiyat

Lukashenko Mirziyoyevning Tyan-Shan togʻlari etagidagi shaxsiy qarorgohiga tashrif buyurdi

© Sputnik / StringerTashkentskoye more ili prityagatelnыy Charvak
Tashkentskoye more ili prityagatelnыy Charvak - Sputnik Oʻzbekiston
“Qaynarsoy” qarorgohi Toshkent shahridan 90 kilometr uzoqlikda, Chorvoq suv ombori boʻyida va Tyan-Shan togʻlari etagida joylashgan.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Belarus prezidentining Aleksandr Lukashenko Mirziyoyevning Tyan-Shan togʻlari etagidagi shaxsiy qarorgohiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Belarusning “Belta” davlat axborot agentligi.

Belarus prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Belarus prezidenti tashrifining eng yorqin foto-suratlari

Agentlikning xabar berishicha, Oʻzbekiston prezidentining “Qaynarsoy” qarorgohi Toshkent shahridan 90 kilometr uzoqlikda, Chorvoq suv ombori boʻyida va Tyan-Shan togʻlari etagida joylashgan.

Qarorgoh dengiz sathidan 900 metr balandlikda qad rostlagan. Qarorgohning hududida turar joy inshootlari, vertolyot uchun uchish-qoʻnish maydonchasi va prichal (qayiqlar, kemalar bogʻlab qoʻyiladigan joy) bor.

Belarus axborot agenligiga koʻra, Shavkat Mirziyoyev bungacha “Qaynarsoy” qarorgohiga chet el davlat rahbarlarini taklif qilmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala