Iqtisod

Oʻzavtosanoat: 73 kunda 38 mingdan ortiq avtomobil sotildi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
“Oʻzavtosanoat” AJ rahbariyati savdo tizimini oʻzgartirish hamda avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib berishdagi uzilishlarni oldini olish borasida strategiyani qayta koʻrib chiqdi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. “Oʻzavtosanoat” AJ joriy yilning 1 yanvaridan 30 iyuniga qadar 76 087 dona “GM Uzbekistan” AJda ishlab chiqarilgan avtomobil sotilganini maʼlum qildi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
GM Uzbekistan 29 mingdan ortiq avtomobilni sotuvga qoʻydi

Biroq ushbu davr mobaynida xaridorlarda avtomobilni yetkazib berish muddatlari borasida noroziliklar yuzaga keldi.

Xabarda aytilishicha, “Oʻzavtosanoat” AJ rahbariyati ishlab chiqarish va sotish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, savdo tizimini oʻzgartirish hamda avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib berishdagi uzilishlarni oldini olish borasida strategiyani qayta koʻrib chiqdi, bu esa aholi oʻrtasida eng talabgir avtomobillarga mavjud talabni qondirishni boshlash imkonini berdi.

“joriy yilning 1 iyulidan 12 sentyabriga qadar 38549 avtomobil sotildi, shundan 42% avtomobil shartnomada koʻrsatilgan muddatidan avval, 16% holatda esa 10 kungacha boʻlgan muddatda xaridorga yetkazildi. Kompaniya xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda avtomobillarning barcha modellari yetkazib berish muddatini qisqartirish yoʻnalishidagi saʼy-harakatlarni davom ettiradi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala