Dunyoda

Rossiya Hindistonda yangi atom elektr stantsiyasini qurishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishAtomnaya elektrostantsiya
Atomnaya elektrostantsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya-Hindiston iqtisodiy hamkorligining yirik obʼyekti “Kudankulam” atom elektr stantsiyasi hisoblanadi.

TOSHKENT, 14 sen – Sputnik. Rossiya bosh vazir oʻrinbosari Yuriy Borisov Hindistonda atom elektr stantsiyasini qurish uchun yangi maydon ajratish masalasi muhokama qilinganligi maʼlum qildi.

Sotrudniki politsii v kanun Dnya nezavisimosti v Nyu-Deli, Indiya - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Hindiston hamma uchun bir vaqtning oʻzida hamkor boʻlmoqchi. Uddalarmikin

“Biz rossiya dizayni boʻyicha atom elektr stantsiyalarini qurish va foydalanishni qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlik qilishni davom etamiz, navbatdagi bunday stantsiyani qurish uchun yangi maydon ajratilishi muhokama qildik”, - deb taʼkidladi jurnalistlarga Borisov ikki tomonlama hukumatlararo komissiya yigʻilishi yakunida.

Rossiya-Hindiston iqtisodiy hamkorligining yirik obʼyekti “Kudankulam” atom elektr stantsiyasi hisoblanadi. Rossiya ishtirokida stantsiyaning birinchi ikkita energiya bloki qurilgan va ishga turishilgan.

Shu yil iyun oxirida “Kudankulam” AES uchinchi blokini qurilishi uchun asosiga beton plitasini quyish marosimi oʻtkazilgandi. Bu AESning qurilish ishlarining ikkinchi bosqichi boshlanishi hisoblanadi.

2014 yil dekabrida Moskva va Deli Hindistonda Rossiya texnologiyalari boʻyicha energiya bloklarini  qurish boʻyicha strategik hamkorlik boʻyicha hujjat imzolangandi.

Hujjatda Hindistonda Rossiya ishtirokida quriladigan yangi AES bloklari rejalari aks etgan. Strategik maqsad – Hindistonda 20 yil ichida Rossiya dizayni boʻyicha kamida 12 ta blok barpo etishdir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala