Xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie
Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Litsenziya olish uchun ariza beruvchi tegishli hujjatlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etadi.

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.

Uzbekistanes prosit snizit seni na avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Muhojirlar GM Uzbekistan rahbariga: iltimos, mashina narxini tushiringlar

Qaror bilan O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya talablari va shartlari nizomda belgilangan. Unga ko‘ra, shtatda oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassis, shuningdek, mehnat migrantlarini yuborish nazarda tutilayotgan mamlakatlar tillarini yaxshi biladigan xodimning bo‘lishi litsenziya talablaridan hisoblanadi. 

Litsenziya olish uchun ariza beruvchi tegishli hujjatlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bevosita yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Hujjatlar ishchi organ – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan o‘n ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Litsenziya beringanligi uchun eng kam ish haqining uch baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi. 

Yangiliklar lentasi
0