O‘zbekiston va Fransiya hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaSovmestnie ucheniya uzbekskix i fransuzskix voyennoslujashix na poligone Forish v Uzbekistane
Sovmestnie ucheniya uzbekskix i fransuzskix voyennoslujashix na poligone Forish v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyati “Forish” poligonining tog‘li hududlarda O‘zbekiston hamda Fransiya qurolli kuchlari mutaxassislari bilan hamkorlikda harbiy amaliy trening mashqlari tashkil etilmoqda.

TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Jizzax viloyatidagi "Forish" poligonida fransiyalik harbiylar bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Rossiya va Tojikiston hamkorligida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

"Rejaga ko‘ra tajriba almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning deyarli barchasi «Forish» poligoni tog‘li hududlarida o‘tkaziladi. Bunda asosiy e’tibor harbiylarning merganlik mahoratini oshirishga qaratilgan", - dedi suhbatdosh.

Fransiyadan kelgan mutaxassislar "Mergan kundaligi" o‘quv qo‘llanmasiga asosan harbiy xizmatchilar bilan 3 bosqichli tayyorlov mashqlarini olib borishmoqda. Unga ko‘ra dastlab harbiylarning merganlik darajasi aniqlab olinadi. Shundan so‘ng ular guruhlarga bo‘linib, o‘z darajasiga ko‘ra ularga alohida mashg‘ulotlar o‘tiladi.

Ta’kidlanishicha, bunday tajriba almashish har ikki tomonga ham juda foydali bo‘lib, kelgusida ham shu turdagi birgalikdagi mashg‘ulotlarni davom ettirish yaxshi natija berishiga ishonch bildirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0