Donetsk Zaxarchenkoning oʻlimida gʻarb maxsus xizmatlari aybdor, deya eʼlon qildi

© Sputnik / Igor MaslovSotrudniki politsii u zdaniya kafe "Separ" v Donetske, gde proizoshel vzrыv v rezultate kotorogo pogib glava DNR Aleksandr Zaxarchenko.
Sotrudniki politsii u zdaniya kafe Separ v Donetske, gde proizoshel vzrыv v rezultate kotorogo pogib glava DNR Aleksandr Zaxarchenko. - Sputnik Oʻzbekiston
Aleksandr Zaxarchenko 31 avgust kuni Donetsk markazidagi "Separ" kafesida yuz bergan portlash oqibatida halok boʻlgan

TOSHKENT, 15 sen — Sputnik. Oʻz Mustaqilligini eʼlon qilgan Donetsk xalq respublikasi rahbarining qotilligi gʻarb maxsus xizmatlari koʻmagida amalga oshirilgan, deb maʼlum qildi jurnalistlarga DXR rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin.

Press-konferentsiya Aleksandra Zaxarchenko v Donetske - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Siyosiy terror": Donetsk rahbari Aleksandr Zaxarchenko oʻldirildi

"Terakt Ukraina xavfsizlik xizmatining beshinchi kontrrazvedka xizmati departamenti ishtirokida amalga oshirilgan. <…>. Maxsus xizmatlarning keyingi ish faoliyati, portlovchi qurilma qoldiqlari tahlili natijasida, Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan avval qoʻllanilmagan yuqori texnologiyalar aniqlangan. Bu terakt gʻarb maxsus xizmatlari koʻmagida amalga oshirilgan degan tushunchaga olib keladi", - deb aytgan Pushilin.

U teraktni oʻrganishda Rossiya yordam berayotganini qoʻshimcha qilgan.

Pushilinga koʻra, DXR huquq muhofazachilari "bu ishni kim amalga oshirgani toʻgʻrisida tushunchaga ega".

"Bir kishi qoʻlga olingan, u toʻliq koʻrsatma bergan", - deya tushuntirgan respublika rahbari.

Pushilinning aytishicha, qoʻlga olingan shaxs - UXX (SBU) xodimi.

DXR rahbarining oʻldirilishi

Aleksandr Zaxarchenko 31 avgust kuni Donetsk markazidagi "Separ" kafesida yuz bergan portlash oqibatida halok boʻlgan. U 42 yoshda edi. Bundan tashqari, Zaxarchenkoning qoʻriqchisi ham halok boʻlgan, DXR FVV maʼlumotiga koʻra, 11 kishi jarohatlangan.

DXR daromadlar va yigʻimlar vaziri Aleksandr Timofeyev portlash vaqtida ogʻir tan jarohatlarini olgan. Respublika hukumati yuz bergan hodisani terakt deb tan olganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala