Xayrlashuv nutqi: elchi Bahrom Ashrafxanov Rossiyadagi missiyasini yakunladi

© SputnikBaxrom Ashrafxanov
Baxrom Ashrafxanov - Sputnik Oʻzbekiston
Bahrom Ashrafxanov Rossiyadagi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini 2016 yilning fevralidan boshlab boshqarib kelayotgan edi.

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Bahrom Ashrafxanov prezident farmoni bilan "Oʻzbekneftegaz" kompaniyasi boshqaruv raisi etib tayinlandi. Yangi lavozimga oʻtayotgani haqida u Oʻzbekiston Mustaqilligining 27 yilligi sharafiga tashkillashtirilgan tantanali tadbir davomida maʼlum qildi.

Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi “Oʻzbekneftegaz” AJga rais etib tayinlandi

Tantanali qabul, juma, 14 sentyabr kuni Moskvadagi Oʻzbekiston elchixonasida oʻtkazildi. Tadbirda Bahrom Ashrafxanov Rossiyadagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani haqida tantanali ravishda eʼlon qildi.

Koʻpsonli mehmonlar - diplomatik korpus vakillari, boshqa davlatlardan boʻlgan hamkasblari va jurnalistlar qarshisida chiqish qilar ekan, Ashrafxanov barchaga uni qoʻllab-quvvatlashganlari uchun minnatdorlik bildirdi.

"Shunday boʻldiki, bugun Rossiya Federatsiyasidagi elchi sifatida mening ishtirokimda oxirgi tadbir oʻtkazilmoqda. Men yangi ishga oʻtayapman, lekin ishonchim komilki, bundan keyin ham doʻstlarimiz va hamkaslarimiz bilan aloqalarimiz davom etadi. Men barchaga qoʻllab-quvvatlaganlari va hamkorlikdagi ish uchun minnatdorlik bildiraman", - deb qayd etdi elchi.

Oʻz navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari - davlat kotibi Grigoriy Karasin Bahrom Ashrafxanovga yangi lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi va bajarilgan ish uchun minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi lavozimiga kim tayinlanishi hozircha maʼlum qilingani yoʻq.

Bahrom Ashrafxanov Rossiyadagi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini 2016 yilning fevralidan boshlab boshqarib kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala