Maykl Jeksondan Uch quduqqacha - Toshkentda ikkinchi Open Air konserti

Obuna bo‘lish
Alisher Navoiy teatri binosi oldida simfonik orkestr va turli janrlarda ijod qiluvchi xonandalar ijrosida ochiq havodagi simfonik konsert bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Toshkentda 2-Open Air – ochiq havodagi simfonik konsert bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekistonda yangi teatr mavsumi 2-Open Air konserti bilan boshlandi. Unda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri binosi oldida simfonik orkestr va turli janrlarda ijod qiluvchi xonandalar ijrosida jahon musiqasining eng yorqin namunalari yangradi.

Ushbu tadbirga kelgan muxlislar Maykl Jekson qo‘shiqlaridan tortib, balet raqslari-yu, Chaykovskiy musiqasi hamda dunyoning eng mashhur estrada, rok, etno va romans uslubidagi qo‘shiqlaridan namunalar ijro etildi. “Omon yor” ijro etilmadi xolos.

Konsert dasturi juda sifatli yoritish hamda lazer-shou bilan birga bo‘lib o‘tishi tomoshabinlarda yorqin taasurot qoldirdi. 

Konsert dasturi so‘nggida tomoshabinlar uzoq vaqt tik turib artistlarni olqishlashdi. Ushbu ajoyib konsertda suratga olingan videolavhamizni tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0