Toshkentda okeanarium paydo bo‘lishi mumkin

© Wikipedia / Georgia AquariumOkeanarium v shtate Djordjiya
Okeanarium v shtate Djordjiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
20 yildan beri baliq yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor Toshkentda okeanarium ochishni taklif qildi.

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Investor kuni" tadbirida poytaxtda haqiqiy okeanarium ochish loyihasi taqdim etildi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

Ushbu taklif shahar hokimiyatiga uzoq vaqt davomida baliq yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor Bahrom Tursunbayevlar oilasi tomonidan kiritildi.

“20 yildan uzoq vaqt davomida baliq yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan Baxrom Tursunboyevlar oilasi Toshkentda 50dan ortiq baliqlardan iborat bo‘lgan birinchi okeanarium ochishni taklif qildi. Hokimga ushbu g‘oya hokimga ma’qul keldi va investorlardan loyihani batafsilroq ishlab chiqishni so‘raldi”, - deyilgan xabarda.

Okeanarium – ichidan dengiz va okeanlardagi muhit yaratilgan ulkan akvarium ma’lonisni anglatadi. Odatda okeanariumlarda bir necha katta katta bo‘limlar bo‘lib, ularda turli xil baliq va dengiz mavjudotlari namoyish qilinadi.

Singapurdagi “S.E.A.Aquarium”  dunyoning eng yirik okeanariumi hisoblanadi. 2012-yilda ochilgan ushbu okeanariumning umumiy maydoni 8 gektar, suv hajmi esa 45 million litrni tashkil qiladi. Okeanariumda 800 xilga mansub 100 ming dengiz mavjudotlari yashaydi.

Yangiliklar lentasi
0